28
gacha (Manaus, Braziliya).
Umuman olganda, dunyodagi EIHlar soni
doimiy ravishda ortib bormoqda,
ularni tashkil qilishdagi geografik chegaralari kengayib, ularning shakli o„zgarib
bormoqda, tashqi savdo hududlaridan eksport-ishlab chiqarish va kompleks
hududlarga aylanishi kuchayib bormoqda. Xo„jalik
faoliyati mohiyati tovar
ayriboshlashdan tovar ishlab chiqarish tomon boradi, xizmat ko„rsatishning oddiy
turlaridan ilmiy darajada murakkab bo„lgan turlariga o„zgarib boradi.
Yuqoridagilarga muvofiq,
shuni xulosa qilish mumkinki, EIHlar milliy
iqtisodiyotning jahon xo„jaligi bilan integratsiyalashuvida muhim omilga aylandi.
Tayanch iboralar:
Erkin iqtisodiy hududlar,
ilmiy-texnika, sanoat, investitsiya, ishlab chiqarish,
eksport, import, ish bilan bandlik, tovar, valyuta, mintaqa.
Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar:
1.
EIHlarni tashkil etish turli maqsadlarga asoslangan bo„ladi va bu maqsadlar
uni tashkil etuvchi mamlakatning iqtisodiy rivojlanganlik
darajasiga bevosita
bog„liqdir.
2.
EIHlarni tashkil etish umumiy tarzda iqtisodiy, ijtimoiy va ilmiy-texnik
maqsadlarni namoyon etadi va har bir tashkil etilgan
EIHda ushbu maqsadlar
birgalikda o„z aksini topganligini ko„rish mumkin.
3.
EIHlarning jahon xo„jaligi aloqalaridagi o„rni beqiyos bo„lib, bu ularni
tashkil etish bilangina namoyon bo„luvchi jihat emas,
aksincha, ularning
salohiyatlaridan samarali foydalanishga bo„lgan e‟tibor va munosabatlarni
rivojlantirish EIHlarning ushbu sifatlarini to„la yuzaga
chiqarish imkoniyatlarini
yanada oshiraveradi.
Nazorat uchun savollar:
1.
EIHlarni tashkil etishning qanday maqsadlari mavjud?
2.
EIHlarni tashkil etish maqsadlari qanday yo„nalishlarga ega?
3.
EIHlarni tashkil etish maqsadlari qanday umumiylikni namoyon etadi?
4.
Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda EIHlarni tashkil etish
maqsadlari nimasi bilan farqlanadi?
5.
EIHlarning jahon xo„jaligi aloqalaridagi o„rnini qanday izohlaysiz?
6.
EIHlarning jahon xo„jaligi aloqalaridagi o„rnini oshirish uchun nimalarga
e‟tibor qaratish lozim?
Dostları ilə paylaş: