Эркин иқтисодий ҳудудлар


Turli mamlakatlarda qabul qilingan “Erkin iqtisodiy hududlar



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/281
tarix15.07.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#136620
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   281
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

2.2.
Turli mamlakatlarda qabul qilingan “Erkin iqtisodiy hududlar 
to„g„risida”gi qonunlar qiyosiy tahlili. Erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish 
uchun zaruriy hujjatlar
1973-yil imzolangan Kiota konvensiyasida EIHlarning qanday hudud ekanligi 
va uning ta‟rifi nimani ifodalashiga aniqlik kiritilgan bo„lsa-da, biroq, erkin iqtisodiy 
hududlarni tashkil etish va kengaytirish uni tartibga solishni ham taqozo etishi nuqtai 
nazaridan xalqaro darajada umumqabul qilingan standartlar hali ham mavjud emasligi 
bu sohadagi eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. 


41 
Kiota konvensiyasining maxsus 
D
Ilovasi
EIHlarni tashkil etish va faoliyat olib 
borish masalalarini tartibga solish, EIH hududida maxsus bojxona rejimini qo„llash 
borasida milliy qonunchilikka tartibni mustaqil o„rnatish huquqini beruvchi umumiy 
yondashuvlarni belgilab beradi. Shunga ko„ra, har bir davlat milliy qonunchiligida 
EIHlarga tegishli talablar belgilab beriladi, ularda ruxsat etilgan tovarlar turlari, 
ularning EIHlarda joylashgan vaqtida amalga oshiriluvchi operatsiyalar tavsifi 
belgilab beriladi. EIH ta‟sischisi-davlatning bojxona xizmati EIHning muvofiqligiga 
mos faoliyatini bojxona nazoratidan o„tkazib boradi. 
EIHlarga kiritilgan tovarlarga nisbatan ularni saqlash, qodaqlanishini yaxshilash 
yoki bozor sifatini oshirish maqsadida qayta ishlov berish yoki ularni jo„natish uchun 
tayyorlash maqsadida partiyalarga ajratish, qadoqlashni guruhlash, saralash va 
makalash, shuningdek, qayta qadoqlash kabilarga ham ruxsat etiladi. 
Bu kabi munosabatlar EIHlar faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishda 
zaruriy huquqiy asosga jiddiy ehtiyojni keltirib chiqaradi. Shu sababdan xalqaro 
miqyosda EIHlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo„yicha bugungi kunda xalqaro 
standartlarning mavjud emasligi sababli har bir davlat o„z milliy qonunchiligi asosida 
EIHlar faoliyatini tartibga solib va rivojlantirib boradi. 
Bunda EIHlar faoliyatiga doir masalalarda xalqaro amaliyot va kelishuvlarga 
amal qilinishining ko„zda tutilgan bo„lishi EIHlar rivojida, xususan, ularga 
tadbirkorlar, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda muhim ahamiyatga ega. Shu 
sababdan O„zbekiston Respublikasining “Erkin iqtisodiy zonalar to„g„risida”gi 
Qonunining 2-moddasida erkin iqtisodiy zonalar to„g„risidagi qonun hujjatlari 
masalalari o„z aksini topgan. Ushbu moddada belgilanishiga ko„ra, erkin iqtisodiy 
zonalar to„g„risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan 
iboratdir. Agar O„zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O„zbekiston 
Respublikasining erkin iqtisodiy zonalar to„g„risidagi qonun hujjatlarida nazarda 
tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo„lsa, xalqaro shartnoma qoidalari 
qo„llaniladi. 
EIHlar faoliyatini tashkil etish, rivojlantirish masalalari bo„yicha xorijiy 
davlatlar tajribalarini o„rganish ularda dastlabki EIHlar tashkil etilishi, rivojlanishi, 
ular faoliyatining qonunchilik asosida tartibga solinishi bo„yicha muayyan bilim
tasavvur va tushunchalarni hosil qilishga imkon beradi. 
EIHlarni tashkil etishda xalqaro konvensiyalarga amal qilish EIHlarni tashkil 
etgan davlatlar milliy qonunchiligida ham o„z aksini topishida namoyon bo„lishini 
taqozo etadi. Bundan ko„zlangan maqsad xalqaro me‟yorlarga muvofiqlikni 
ta‟minlash va xalqaro xavfsizlikni saqlashga amal qilishdan iboratdir. Shunga ko„ra, 
EIHlarni tashkil etgan har bir davlat 

Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   281




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin