Эркин иқтисодий ҳудудлар



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/281
tarix15.07.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#136620
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   281
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

3. Operatsion bosqich.
Bu rejalashtirish uchun eng murakkab bo„lgan 
bosqichdir. U hududning o„zidan o„zi rivojlanuvchi tizim sifatidagi ichki 
dinamikasiga, hudud regionida va mamlakat miqyosida bo„lgan siyosiy barqarorlikka 
bog„liq. Shu bilan bir vaqtda hududni rivojlantirish imkoniyatariga bag„ishlangan 
marketing izlanishlari natijalaridan keng foydalanish kerak. Bu bosqichda ham ikki 
davrni ko„rsatish mumkin: 

boshlang„ich davr;

hududni o„z-o„zidan rivojlanish davri.
Ikkala davrda ham hududning jismoniy potensiali to„laligicha ishlatilmaydi. 
Agar 100% lik darajaga erishilsa bunday hudud yo yirik iqtisodiy tumanga, yoki 
yangi sohalar va ishlab chiqarishga o„tishi, yohud o„zining instituttsional statusini 
o„zgartirishi lozim. 
Qaysi hol bo„lishidan qat‟iy nazar, u hudud hayot jarayonining 
to„rtinchi 
bosqichi – rivojlanish bosqichi
boshlanganidan dalolat beradi.
Operatsion bosqichning boshlang„ich davri o„z-o„zidan rivojlanish davridan 
investorlarning rag„batlantiruv tizimi o„zgarishi bilan farq qiladi. Birinchi davrda 
investorlar hududga bevosita berilgan imtiyozlar va xizmatlar mavjud bo„lgani uchun 
keladi (shu jumladan, arzon ishchi kuchi, xomashyo, mamlakatning asosiy hududdagi 
bozorga kirish imkoniyati, tayyor binolar mavjudligi va hokazo). Ikkinchi bosqichda 
esa investorlarni hududda va uning atrofida amalga oshirilayotgan xo„jalik faoliyati 
jalb etadi. Bu erda o„zaro ta‟sir va o„zaro to„ldirish tamoyiliga asoslangan rivojlanish 
effekti o„zini namoyon qiladi.
Yuqorida qayd etilganga muvofiq bir qancha xulosalar chiqarish mumkin: 
EIHning maksimal samarali faoiyat yuritishi uchun EIH faoliyati asosida erishilishi 
kerak bo„lgan maqsadlar va EIH faoliyati jarayonida hal etilishi zarur bo„lgan 
vazifalar aniq ifodalanishi lozim. Va bu narsa boshlang„ich investitsiyadan oldingi 
bosqichdayoq bajarilishi kerak. Shuningdek, EIH faoliyatining asosiy tamoyillarini 
namoyon etish ham muhimdir, chunki, ularning mavjudligi va ularga amal qilinishi 
bir qadar EIH faoliyatining barqarorligi va istiqboli borligini ko„rsatadi. Shuning 
uchun ham O„zbekistonda EIHlarni tashkil qilishda, EIH tamoyillari va 
bosqichlarning amalga oshirilishiga katta ahamiyat berish lozim. Yuqorida aytib 
o„tilgan, Samarqanddagi turistik hududni tashkil qilishda ushbu bosqichlar inobatga 


33 
olinganda edi, balki, hozirgi kunga kelib bu hudud o„z faoliyatini samarali olib 
borayotgan bo„lar edi.
Hozirgi davrda EIHlarni tashkil qilish siyosatining iqtisodiy nuqtai nazardan 
maqsadga muvofiqligi, zaruriy malaka va jahon tajribasidan to„laroq foydalanishni 
qayta ko„rib chiqish zarurligida ko„rinadi. Hududlarning oyoqqa turishi va 
rivojlanishining asosiy talablaridan biri – bu EIHlar to„g„risidagi qonunning qabul 
qilinishi bo„lib, u EIHlarning faoliyatining asosiy shartlarini belgilashi, jumladan, 
hududning tashkil etilishi, faoliyati va tugatilishi tartibi, hududlar turlari, infratuzilma 
obyektlarini moliyalashtirish tartibi, xo„jalik faoliyati mexanizmi, chet el 
investorlariga beriladigan kafolatlar va imtiyozlar, boshqaruv funksiyalari, hududlar 
faoliyatini kordinatsiya qiluvchi idoraning tuzilishini qamrab oladi.
Ushbu qonun boshqa mamlakatlarning shunga o„xshash qonunlariga nisbatan 
raqobatbardosh bo„lishi lozim, chunki, so„nggi keyingi yillarda yaqin va uzoq 
mamlakatlar o„z hududlarida EIHlarni tashkil etishga faol harakat qilayotganliklarini 
inobatga olish lozim. Qolaversa, jahon iqtisodiyotida xalqaro kapital harakatida 
pasayish tendensiyalari kechayotganligi xorijiy investitsiyalarni jalb etishda EIHlar 
jozibadorligini ta‟minlashda huquqiy asoslarning ham ahamiyatini yanada oshirish 
talab etiladi. 

Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   281




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin