Ertaklarda matematika toshkent «Yangi asr avlodi»


  Shahzoda Ivan va o'lmas Koshshey haqida



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/31
tarix02.01.2022
ölçüsü1,08 Mb.
#43308
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31
Исмоилов У. Эртакларда математика

22.  Shahzoda Ivan va o'lmas Koshshey haqida 

ertak

Ushbu  ertak juda  qiziqarli  bo'lib,  biz  uning  matematik 

fikrlash bilan bog'liq bo'lgan qismini keltiramiz.

Uzoq  o'tgan  zamonda  qaysidir  mamlakatda  shahzoda 

Ivan yashagan ekan. Uning uchta opasi bo'lib, kattasi malika 

Mariya, o'rtanchasi malika Olga, kichigi malika Anna ekan. 

Ulaming  otasi  ham,  onasi  ham  olamdan  o'tgan  ekan. 

Shahzoda Ivan opalarini turmushga chiqaribdi. Katta opasi 

malika Mariyani mis podsholigi hukmdoriga, o'rtancha opasi 

malika Olgani kumush podsholigi hukmdoriga va kichik opasi 

malika  Annani  oltin  podsholigi  hukmdoriga  turmushga 

chiqaribdi.

Shahzoda  Ivan  o'z  m am lakatida  bir  yil  opalarini 

ko'rmasdan  yashabdi,  ulami  sog'inganidan  ko'rish  uchun 

yo'lga chiqibdi.

Ertakning davomida shahzoda Ivanning go'zal Vasilisani 

uchratib qolishi va ularning bir-birini sevib qolganlari hamda 

o'lmas Koshcheyning go'zal Vasilisani o'g'irlab ketishi,  uni 

xotinlikka olmoqchi bo'lganida go'zal Vasilisa uni rad qilishi 

natijasida Koshchey uni sehrlab, nozik oq qayinga aylantirib 

qo'ygani haqida gapiriladi.

Shahzoda askariaming bir nechtasini olib, sevgilisi go'zal 

Vasilisani axtarib yo'lga chiqibdi.

Y o'l  yuribdi,  yo'l  yursa  ham  mo'l  yuribdi,  qancha 

qiyinchiliklarni  boshdan  kechirib,  yalmog'iz  kampirning 

kulbasiga yo'liqib qolibdi. yalmog'iz kampir ham Koshcheyni 

yomcn  ko'rar  ekan.  Shuning  uchun  shahzodaga  yordam 

berishga rozi bo'libdi.

—  O'lmas Koshsheyning sehr-jodusini yo'q qilish uchun, 

—  debdi yalmog'iz kampir,  —  uning qarorgohi darvozasining 

oldida uchta  podsholikning  hukmdoriarini yig'ishing  kerak. 

Bular mis, kumush, oltin podsholigi hukmdorlari bo'lib, roppa- 

rosa  yarim  tunda  sen  va  ular  birgalikda  sehrli  so'zni

20



aytishingiz  kerak.  Shunda  Koshcheyning  sehr-jodusi 

yo'qolib, u biror chora ko'rishga ojiz bo'lib qoladi.

Shahzoda Ivan bilan yalmog'iz kampir ikkalasining gapini 

qora  qarg'a  eshitib,  bu  haqda  darhol  oqizmay-tomizmay 

o'lmas Koshsheyga yetkazibdi.

Yalmog'iz kampir Ivan bilan xayrlashayotib, unga sehrli 

halqa beribdi.

—  Bu  halqa  seni to'g'ri  o'lmas  Koshsheyning  saroyiga 

olib boradi,  u  har qanday to'siqni ochish va mahkam 

yopish xususiyatiga ham ega, faqat bu haqda undan 

so'rasang  bo'lgani.  U  darhol  bajaradi,  —   debdi 

yalmog'iz.

O'lmas  Koshchey shahzoda  Ivanni  poylab yurib,  qulay 

paytini topib, uni va askartarini qorong'u yerto'laga qamab 

qyadi.

—  Endi  Ivanushka  sen  go'zal  Vasilisani  hech  qachon 

ko'rolmaysan, —  debdi g'azab bilan Koshchey Ivanga.

Yerto'la  kvadrat  shaklida  bo'lib,  unda  devor  bo'ylab 

joylashgan 8 ta xona bor ekan. Har bitta devorga uchta xona 

qilingan  ekan.  (Shartli  ravishda  quyidagi  shakldagiday). 

Yerto'laga faqat bitta  kirish yo'li  bo'lib,  uning  eshigi yettita 

qulf bilan mahkam qulflab qo'yilgan.

Shahzoda  Ivan  askariari bilan  birgalikda  24  nafar kishi 

bo'lib, o'lmas Koshshey yerto'ladagi xonalarga ulami teng, 

ya'ni har xonaga uchtadan qilib qamab qo'yibdi.



Koshshey har kuni  kechqurun  kelib,  shahzodaga azob 

berar, qiynar, ustidan kular va asirlarini qayta-qayta sanardi. 

Ammo Koshshey faqat o'ngacha sanashni bilardi, shuning 

uchun  har  bitta  devorga  yopishgan  har  uchta  xonadagi 

asirlami sanardi. Ulaming sonini 9 nafar ekanini ko'rib, keyin 

xotirjam ketardi.

Shahzoda  Ivan  Koshsheyning  bu  zaif  tomonini  sezib 

qoladi. Qiynoqlar Ivanning irodasini buka olmaydi. U sehrli 

halqa yordamida barcha qulflami ochib, uchta askarini mis, 

kumush va oltin podsholiklariga chopar qilib jo'natadi.

Ammo  Koshshey  kechqurun  kelib  sanaganda  sezib 

qolmasligi uchun har bitta devorga yopishgan uchta xonadagi 

askarlarini  shunday  jo y la s h tira d ik i,  K oshshey  kelib 

sanaganda  9  nafar  chiqadigan  bo'ladi.  Har  galgiday 

kechqurun  Koshshey keladi.  Har bitta devorga yopishgan 

xonalardagi asiriar soni yana 9 chiqaveradi. U 3 ta askaming 

ketib qolganini bilmaydi.

Shahzoda  Ivan  yuborgan  choparlar  aytilgan  manzilga 

borib,  bir  necha  kundan  keyin  3  ta  podsho  bilan  qaytib 

kelishadi.

Shu  payt  Koshshey yerto'ladagi  asirlardan  xabar olish 

uchun kelib qoladi.

Shahzoda  Ivan  o'zining  odamlarini  va  3  ta  podshoni 

yerto'ladagi  xonalarga  shunday joylashtiradiki,  Koshshey 

har bitta devorga yopishgan xonalardagi asirlami sanasa 9 

chiqaveradi. U 3 ta podshoning kelib qo'shilganini bilmaydi.

Roppa-rosa yarim tunda  3  hukmdor va  shahzoda  Ivan 

Koshshey  qarorgohi  darvozasi  oldida  sehrli  so'zni  aytishi 

bilan  Koshsheyning  sehr-jodusi  o'z  kuchini  yo'qotadi. 

Shahzoda  o'zining  go'zal  Vasilisasini  qutqarib  oladi.  Ular 

murod-maqsadlariga yetishadi.

Shahzoda Ivan o'zining topqirligi, donoligi va irodaliligi bilan 

Koshshey ustidan g'olib bo'ldi.

Aytingchi, shahzoda o'zining odamlarini yerto'la xonalariga 

qanday joylashtirgan ekan?

22




Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin