Ertaklarda matematika toshkent «Yangi asr avlodi»



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/31
tarix02.01.2022
ölçüsü1,08 Mb.
#43308
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31
Исмоилов У. Эртакларда математика

20.  Dehqon va shayton

Bir dehqon yo'lda ketayotib, o'z holiga o'zi yig'lab shunday 

debdi:  «Mening  hayotim buncha achchiq  bo'lmasa. Yetar- 

yetmaslik jonga tegdi. Cho'ntagimda bir necha chaqamdan 

bo'lak  hech  vaqo  yo'q.  Uni  ham  hozir sarf qilishim  kerak. 

Boshqalar qanday qilib pulga pul toptirar ekan-a? Darhaqiqat

menga  birov yordam  bera  olmasmikan?» -  deb turganida 

qarshisida shayton paydo bo'lib qolibdi.

—  Agar  xohlasang  men  senga  yordam  qilaman.  Bu 

unchalik qiyin emas. Qarshingdagi daryoning ko'prigini 

ko'ryapsanmi? -  debdi shayton.

—  Ko'ryapman,— debdi dehqon.

18



— Shu ko'prikdan u yoqqa o'tsang, cho'ntagingdagi puling 

ikki  marta  ko'payadi,  yana  qaytib  bu  yoqqa  o'tsang 

yana  ikki  m arta  k o 'p a y a d i.  Bu  hoi  har  sa fa r 

takrorlanaveradi, —  debdi shayton.

—  Rostdanmi? -  so'rabdi ishonqiramay dehqon.

— Albatta, —  ishontiribdi shayton, — lekin bitta sharti bor. 

Har  safar  ikki  marta  ko'payganda,  menga  24  tiyin 

be rasa n . 

B o'lm asa 

p u lin g n i 

ikki 

m arta 


ko'paytirmayman.

Dehqon bu taklifga quvonib rozi bo'libdi. U ko'prikdan bir 

marta o'tib, yonidagi pulini sanab ko'rsa, haqiqatan ham, ikki 

marta ko'payibdi. 24 tiyinni shaytonga berib ikkinchi marta 

ko'prikdan  o'tibdi.  Pulini yana  sanab  ko'rsa,  cho'ntagidagi 

puli yana ikki marta ko'payibdi.

Shaytonga  24  tiyinni  berib  ko'prikdan  uchinchi  marta- 

o'tibdi.  Pulini  sanab  ko'rsa haqiqatan  ham yana  ikki  marta 

oshibdi. Ammo cho'ntagidagi puli roppa-rosa 24 tiyin ga teng 

bo'lib qolibdi. Kelishuvga ko'ra, buni shaytonga berishi kerak 

edi. Dehqon shaytonning haqini berib, hech vaqosiz qolibdi. 

Dastlab dehqonda qancha pul bo'lgan?




Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin