Ertaklarda matematika toshkent «Yangi asr avlodi»



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/31
tarix02.01.2022
ölçüsü1,08 Mb.
#43308
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31
Исмоилов У. Эртакларда математика

12.  Ish kuni nechta

Qaysidir  bir  korxonaga  ishga  kirgan  ishchi  korxona 

rahbarlari  bilan  shunday  shartnoma  tuzibdi:  Ishchiga  har 

ishga kelgan kuniga 48 frank ish haqi beriladigan va ishga 

kelmagan kuni uchun  12 frank olib qolinadigan  bo'libdi. 30 

kundan  keyin  bilib  qolibdiki,  unga  umuman  ish  haqi 

yozilmabdi. 30 kun ichida ishchi necha kun ishlagan?

13.  10 so‘m qani

Ikkita  dehqon  ayol  bozorda  olma  sotishardi.  Birinchi 

dehqon  ayol  10  so'mga  ikkita  olma,  ikkinchisi  20  so'mga 

uchta olma berardi. Ulaming har binning sumkasida 30 tadan 

olma bor edi. Birinchi ayol sumkasidagi olmalami 150 so'mga 

sotib ketishni  rejalashtirgan  bo'lsa,  ikkinchi ayol olmalarini 

200  so'mga  sotishni  mo'ljallab  kelgan  edi.  Ular  ikkalasi 

birgalikda 350 so'mlik olma sotishlari kerak edi. Ammo ayollar 

bozordagi  tashvishlarni  yengillashtirish  uchun  olmalarni 

qo'shib, bitta joyda va bir ayol sotishga kelishishibdi. «Agar 

mening  2 ta  olmam  10 so'm,  sening  3  ta  olmang  20  so'm 

bo'lsa, u holda 5 ta olmani 30 so'mda sotsak bo'ladi»,-deb 

taklif qilibdi  birinchi  ayol.  Bunga  ikkalasi  ham  rozi  bo'libdi. 

Ular olmalarini qo'shgach, 60 ta olma bo'libdi va 5 ta olmani 

30 so'mdan sota boshlashibdi.

Ular olmalarini sotib bo'lib pullarini hisoblasalar 360 so'm 

bo'libdi. Ayollar hayron bo'lishibdi. Axir ulaming mo'ljalida 350 

so'm  bo'lishi  kerak  edi-da.  Ortiqcha  pul  qayerdan  kelib 

qoldiykin? 360 smni zaro qanday taqsimlab olishsa ekan? 

-  boshi qotibdi ayollaming.

Rostdan ham ortiqcha pul qanday paydo bo'lib qolgan?

Bu  ikkita  ayol  kutilm agan  darom ad  haqida  bosh 

qotirayotgan paytda, buni eshitib qolgan boshqa ikkita olma 

sotuvchi  ham  olmalarini  qo'shib  sotib,  ortiqcha  daromad 

qilishga qarorqilishibdi.

14



Ulaming ham harbirisida 30 tadan olma bor ekan. Ammo 

ulaming birinchisi 10 so'mga 2 ta olma va ikkinchisi 10 so'mga 

3 ta olma berar ekan. Birinchisi 30 ta olmani sotib 150 so'm, 

ikkinchisi  esa  30  ta  olmani  sotib  100  so'm  foyda  qilishni 

mo'ljallagan  ekan.  Ikkalasi  birgalikda  250  so'mga  olma 

sotgan  bo'lardi.  Ular  ham  olmalarini  qo'shib,  60  ta  olma 

qilishibdi  va  5  ta  olmani  20  so'mdan  sota  boshlashibdi. 

Olmalar sotib bo'lingandan keyin pulini hisoblab qarashsa, 

240  so'm  chiqibdi.  Hatto  mo'ljallaridagi  250  so'm  ham 

to'planmabdi.  Ular 10 so'm zarar ko'rishibdi.  Nega bunday 

bo'ldiykin,  o'ylab  qolibdi  ular,  zarar  ко rilgan  10  so'm  kim 

tomonidan qoplanishi kerak?

Haqiqatan ham, nimaga bu hoi yuz berdi?


Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin