9. Shahzoda Ivan ajdarhoni yenga oladimi
Shahzoda Ivan uch boshli va uch dumli ajdarho bilan
jangga tayyorlana boshlabdi. Bu haqda maslahat so'rab
yalmog'iz kampirning oldiga boribdi.
«Mana senga qilich, — debdi yalmog'iz kampir o'zining
o'tkir qilichini berib, — bir zarb bilan sen ajdarhoning bitta
yoki ikkita boshini yo bo'lmasa, bitta yoki ikkita dumini uzib
tashlashing mumkin. Esingda tut: Agar sen bitta boshini uzib
tashlasang, yangisi o'sib chiqadi, dumining bittasini uzib
tashlasang, ikkita yangi dum o'sib chiqadi. Agar ikkita dumini
uzib tashlasang, bitta bosh o'sib chiqadi, ikkita boshini olib
tashlasang, hech narsa o'sib chiqmaydi».
12
Yalmog'iz kampirdan bu gaplami eshitib, shahzoda Ivan
ajdarho bilan olishishga ravona bo'libdi.
Aytingchi, shahzoda Ivan ajdarhoni mag'lub qila oladimi?
Agar mag'lub qilsa, u nechta zarb bilan ajdarhoning barcha
boshi va dumini uzib tashlay oladi?
(Zarblar soni eng kam bo'lsin)
Dostları ilə paylaş: |