14. G‘o‘laning og'irligi qancha
G'o'laning og'irligini bilish uchun uning bir tomonini bir
taroziga, ikkinchi tomonini ikkinchi taroziga qo'yishibdi
(Chunki bitta tarozida birato'la o'lchash imkoni yo'q ekan-
da). Birinchi tarozi 200 kg ni, ikkinchi tarozi 100 kg ni
ko'rsatibdi. G'o'la necha kg ekan? Uning og'irlik markazi
qayerda joylashgan bo'ladi?
15. Qirol Arturning qalqoni
Qirol Artur qalqonining uch xil rangda bo'lishini xohlabdi.
U rassomni chaqirib, qalqonni doiraning to'rtdan bir qismiga
teng qilib yasashniva uni uch xil rangda bo'lishini, ya’ni sariq,
qizil vazangori ranglarda bo'lishini aytibdi. Chunki, sariq rang
- ezgulikning, qizil rang - mardlikning, zangori rang -
donolikning belgisi ekan.
15
sariq
sanq
Rassom qalqon bitgandan keyin olib kelibdi, u shaklda
ko'rsatilgandek yasalgan ekan. Ammo qirol qalqonga qarab:
— Bu yerda mardlik donolikdan ortiqcha bo‘libdi-ku,— debdi.
Ammo rassom uchalasining ham tengligini isbotlab beribdi.
Rassom qanday qilib buni isbotlagan ekan-a?
Dostları ilə paylaş: |