joylaming chegarasidan o'tadigan daryo ko'prigiga boshdan-
oyoq qurollangan soqchi qo'yib, har qanday yo'lovchidan:
— Qayoqqa borayapsan? - deb so'rashni buyurgan ekan.
Agar yo'lovchi noto'g'ri javob bersa, soqchi uni darhol
osishi kerak ekan, to'g'ri javob bersa, daryoga g'arq qilib
o'ktirishi kerak ekan. Demak, yo'lovchi to'g'ri javob bersa
ham, noto'g'ri javob bersa ham omon qolmas ekan.
Bu zolim hukmdoming qattiq qonuni ana shunday bo'lgan;
shuning uchun ham unga qarashli joylarga yaqin kelishga
hech kirn jur’at etolmagan. Bir kuni bitta dehqon bu qonun
ijrosining beshafqatligiga qaramay, yaqinlashish ta’qiqlanga
ko'prik oldiga boravergan.
— Qayoqqa boryapsan? - deb, soqchi uni to'xtatgan va
o'ylamay o'limga borayotgan dehqonni jazolashga
tayyorlangan.
Ammo dehqon unga shunday javob berganki, zolim
xo'jayinning berahm qonunini hech so'zsiz bajarib kelayotgan
soqchi dovdirab qolgan va nima deyishini bilmay, hiylakor
dehqonga qo'l ham tekkizolmagan.
Xo'sh, ziyrak dehqon soqchining savoliga qanday javob
bergan ekan?
Dostları ilə paylaş: