4.
Uch masxaraboz
Ali, Vali va Salim sirkda masxarabozlik qilishardi. Bir kuni
sahnaga ular raqamlar yozilgan ko'ylaklar kiyib chiqishdi.
Alining ko'ylagiga 5 raqami, Valining ko'ylagiga 6 raqami va
Salimning ko'ylagiga 7 raqami yozilgan edi. Ular bir qatorga
tizilib tursa, uch xonali sonni tasvirlashadi.
Ayting-chi, ular qanday holatda bir qatorga tizilib turgan da
hosil bo'lgan son 13 ga qoldiqsiz bo'linadi?
5. Uch donishmand to‘g‘risida eitak
Qadimgi donishmandlardan uchtasi, qaysi birimiz ko'proq
bilimdon? - degan masala ustida bahslashayotgan ekan.
Bular yonidan o'tib ketayotgan bir kishi bu bahsni yechishga
yordam beribdi. U donishmandlarga o'zlarining ziyrakliklarini
sinashnitaklif qilibdi.
— Sizlar mening qo'limdagi 5 ta qalpoqni ko'ryapsizlar,
— debdi u, — bulardan uchtasi qora, ikkitasi oq. Qani
endi ko'zlaringizni yuming!
So'ngra u, bu donishmandlaming har biriga bittadan qora
qalpoq kiygizib, oq qalpoqlarni qopga solib bekitib qo'yibdi.
— Endi ko'zlaringizni ochsalaringizham bo'ladi, — debdi
yo'lovchi. — Kimki o'zining boshida qanday qalpoq
ekanligini aytib bersa, shu kishi o'zini eng bilimdon deb
aytishga haqli.
Donishmandlar nima deyishlarini bilmay, uzoq vaqt bir-
birlariga qarab qoldilar... Nihoyat biri: — Mening boshimda
qora qalpoq! - dedi. U buni qayerdan bilgan?
6. Topilma
To'rtta dehqon - Sedor, Karp, Paxom va Foka shahardan
qaytayotib, bugun hech nima ishlay olmaganliklaridan nolib
qolishdi.
9
— Agar men ichida puli bilan hamyon topib olganimda edi,
— dedi Sedor, — uni to'rtta teng bo'lakka bo'lib, uchdan
bir qismini o'zim olardim, qoTgan bir qismini sizlarga
bergan bo'lardim.
— Men esa barchamizga teng taqsim qilib bergan
bo'lardim, — deb o'zicha ming'irlab qo'ydi Karp.
— Men esa topilgan pulning beshdan biriga ham
qanoatlanardim, — qo'shib qo'ydi Paxom.
— Menga oltidan biri ham yetib qolardi-yu, ammo kirn ham
sizlarga topib olishingiz uchun yo'lga pul tashlab
ketardi, — dedi Foka.
Shu vaqt bunday qarashsa, tasodifan qarang-ki yo'l
chekkasida bitta hamyon yotibdi.
Ular darhol hamyonni olishdi va o'zlari aytgandek
hamyondagi pulni bo'lib olishga kelishishdi, ya’ni Sedor
uchdan birini, Karp to'rtdan birini, Paxom beshdan birini, Foka
oltidan birini oladigan bo'lishdi.
Hamyonni ochib ko'rishsa, unda bitta uch so'mlik,
qolganlari bir so'mlik, besh so'mlik va o'n so'mlik bo'lib, jami
pullarsoni 8ta ekan.
Ammo d e hq o n la rn in g b iro rta s i ham pu lla rni
maydalamasdan o'z ulushlarini ololmasdilar. Shuning uchun
ular birorta yo'lovchini kutishga va pullarni maydalab, keyin
ulushlarini olishga qarorqilishibdi. Shunda birinchi yo'lovchiga
ko'zlari tushib, uni to’xtatishibdi. Dehqonlar unga voqeani
tushuntirib, pullarni maydalab berishini so'rashibdi.
— Men sizlarga pullaringizni maydalab berolmayman,
ammo pullaringizni menga bersangizlar, men o'zimning
pulimni ham unga qo'shib, sizlarning ulushlaringizni
beraman, hamyonni esa menga qoldirasizlar, — debdi
yo'lovchi.
Dehqonlar quvonib rozi bo'lishibdi.
Yo'lovchi pullarni jamlab, birinchi dehqonga uning uchdan
bir qismini, ikkinchisiga to'rtdan bir qismini, uchinchisiga
beshdan bir qismini va to'rtinchisiga oltidan bir qismini
beribdi, hamyonni esa o'ziga qoldiribdi.
10
— Rahmat sizlarga ukalar, sizlarga ham, menga ham
yaxshi bo'ldi, — deb yo'lovchi yo'lida davom etibdi.
Dehqonlar hayron bo'lishib, — u nima uchun bizga
minnatdorchilik bildirdi, — deb o'ylab qolishibdi.
— Yigitiar, bizlardagi pullarsoni nechta?-so'rabdi Каф.
S a n a s a la r 8 ta ekan, ammo uch so 'm likn i
topisholmabdi.
— Uch so'mlik kimda? — so'rashibdi bir-biridan.
— Hech qaysi birimizda yo'q.
— Yigitiar, bu qanaqasi bo'ldi? Yo'lovchi bizni rosa
boplabdi-ku.
Ular o'zlaricha o'zlariga tegishli bo'lgan pulni hisoblab
chiqibdilar.
— Yo'q, do'stlar, men olishim kerak bo'lgan ulushimdan
ko'proq olibman, — debdi Sedor.
— Menga ham 25 tiyin ko'proq tegibdi, — dedi Karp.
— Qanaqasiga bunday bo'ldi, barchamizga ortiqcha pul
tegibdi va yana uch so'mlikni olib ketibdi.
— Bizni rosa boplabdi-ya, azamat.
Dehqonlar qancha pul topishgan? Yo'lovchi ularni
aldaganmi, u har bir dehqonga nechtalik pullardan bergan?
< . • • ’ . .
'
- -
.. .
■
.
.
7. Uch qurbaqa
Uchta qurbaqa 60 metr chuqurlikdagi quduqning ostida
yotardi. Ular bir kunda 18 metr yuqoriga ko'tarilardilar va
qorong'u tushishi bilan birinchisi 12 metr, ikkinchisi 16 metr,
uchinchisi 17 metr pastga tushib yotardi. Ertasiga kun chiqishi
bilan ular shu holni yana takrorlashardi.
Qancha kundan keyin qurbaqalar quduqdan chiqa
oladilar?
Dostları ilə paylaş: |