26. Bir hissa muzqaymoq bahosi
Karim, Rahim va Salim bir hissadan hammasi bo'lib uch
hissa muzqaymoq sotib olishdi. Muzqaymoqlar mevali,
qaymoqli va shokoladli edi. Ammo uch hissa muzqaymoq
ulami qanoatlantirmadi va Karim yana bir hissa mevali,
Rahim qaymoqli va Salim shokoladli muzqaymoq olishdi.
Ular ketayotib sotuvchi bilan hisoblashishganda Karim 700
so'm, Rahim 800 so'm va Salim 900 so'm to'ladi.
Har bir muzqaymoqning bir hissasi qancha turadi?
27. Oshxonadan quduqqacha...
Bir xotin quduqdan oshxonaga teshik chelakda suv
tashirkan. Chelak yon tomonidan (chelakning tubidan
hisoblaganda uning to'rtdan bir balandiigicha joyidan)
teshilgan ekan. Suv ozgina oqayotganda ayol bunga e’tibor
bermagan, lekin teshik so'rayib, quduqdan oshxonaga
kelguncha chelakdagi suvning yarmisi oqadigan bo'lgandan
keyin, u teshikni suvab qo'ygan.Tezda chelak boshqa
joydan, ya’ni tubidan teshilgan va bu teshikdan har gal
chelakdagi suvning uchdan ikki qismi oqib bo'lgan. Xotin bu
teshikni ham bekitgan. Bir vaqt u quduqdan suv olib,
oshxonaga qarab endi qadam tashlagan ekan, haligi ikkala
teshik ham ochilib ketib, oshxonaga yetishga 1 metr
qolganda, chelakda suvning atigi qirqdan bir hissasigina
qolibdi.
Oshxonadan quduqqacha bo'lgan masofani toping.
25
|