28. Erkaklaming yoshi nechada
Ivan, Pyotr, Semyon va ulaming xotinlari Olga, Irina va
Annalaming yoshlarini birga qo'shganda hammasi bo'lib 151
yosh. Shu bilan birga bar bir erkak o'zining xotinidan 5 yosh
katta. Ivan Irinadan 1 yosh katta; Olga va Ivanning yoshi
birgalikda 48 ga teng; Semyon bilan Olganing yoshi birgalikda
52 gateng.
Qaysi erkak qaysi xotinning eri va erkaklardan har biri
necha yoshda ekanini toping.
29. Soqchilami joylashtirish
Kvadrat shaklidagi harbiy qurol-yarog* ombori bo‘lib, shu
ombomi qo'riqlash uchun harbiy komendatura 16 soqchi
ajratdi. Soqchilami komendantushbu shaklda ko'rsatilganday
qilibjoylashtiribdi.
1
3
1
3
3
1
3
1
Bir ozdan keyin polkovnik kelib, soqchilaming bunday
joylashtirilishi bilan qanoatlanmadi. U: — Har bir tomonni 6
nafar soqchi qo'riqlasin, — deb buyruq beribdi. Komendant
bu taklifni qabul qilibdi va darhol soqchilami aytganday
joylashtiribdi.
Keyin general kelib, har bir devomi qo'riqlashni yanada
kuchaytirishni, ya'ni soqchilar sonini ko'paytirish to'g'risida
buyruq beribdi. «Har bir devor tomonini 7 nafar soqchi
qo'riqlasin», — debdi general va soqchilami o'zi aytganday
joylashtiribdi.
26
Polkovnik va generalning soqchilami joylashtirish tartibini
toping.
Dostları ilə paylaş: |