SEShANBA “Odob axloq qoidalari’ (bolalarda milliy qadriyat, urf-odatlarga hurmat bilan munosabatda boʻlish, salomlashish, doʻstlashish, sogʻlom hayot faoliyatiga oʻrgatish, mehnatsevarlik, toʻgʻri soʻzlik, kamtarlik va b.q.)
№
Mavzular
1.
Odob salomdan boshlanadi
2.
Ota-onaga hurmat
3.
Bizning oila
4.
Buvi-buvijonlarimiz
5.
Aka-uka, opa-singillarga hurmat
6.
Alla qo‘shig‘i
7.
Tug‘ilgan kun
8.
Qiz bolalarga xos fazilatlar
9.
O‘g‘il bolalarga xos fazilatlar
10.
Tozalik - bu salomatlik
11.
Mehnatsevarlik
12.
Ota-onamga yordamchiman
13.
Kiyinish odobi
14.
Dasturxon odobi
15.
Shirinso‘z bo‘lish
16.
Mehmonga borish odobi
17.
Mehmon kutish odobi
18.
Navro‘z bayrami
19.
Hashar
20.
9-may- Xotira va Qadrlash kuni
21.
Tejamkorlik- yaxshi odat
22.
Suv muqaddasdir
23.
Ozodalik-orastalik
24.
Oilaviy tadbirkorlik
25.
Kitob bizning do‘stimiz
“Oilaviy qadriyatlar” mavzusi asosida tarbiyaviy yo‘nalishlarning mazmuni
1-mavzu: “Odob salomdan boshlanadi” Bolalarda kattalarga va tengdoshlariga nisbatan samimiy munosabatda bo‘lish malakasini shakllantirish. Kattalarga assalomu-alaykum degan so‘zni to‘g‘ri va to‘liq aytib salomlashishga o‘rgatish. Bolalarga “Assalomu alaykum”-senga salomatlik tilayman, degan ma’noni anglatsa “Vaalaykum assalom” -“sizga ham salomatlik tilayman” ekanligini tushuntirish. O‘zbek milliy qadriyat-o‘zbekona milliy salomlashishning o‘ziga xosligi: tabassum, ochiq chehra samimiy mehr bilan bir-biriga boqish, “Assalomu alaykum” deb salomlashganda ochiq chehralik va tabassum bilan salom beruvchi, alik oluvchilarning tovushlari bir-birlariga eshitarli bo‘lishi kerakligini tushuntirish. Salom-alikning mohiyatini chuqur tushunib yetishga, qadriga yeta olish, to‘g‘ri salomlashishga o‘rgatish. “Assalomu alaykum” iborasi haqidagi hikoyasidan o‘qib berish.
2-mavzu: “Ota- onaga hurmat” Bolalarga ota- ona eng qadrli inson ekanligini tushuntirish: ota-ona biz uchun eng aziz, eng yaqin kishilar. Ular farzandni dunyoga keltiradilar, umr bo‘yi farzand deb yashaydilar. Shunday ekan, har bir bola uz ota-onasini hurmatini joyiga qo‘yishi, ularning ko‘ngilini og‘ritmasligi kerak. Ular chaqirganda “Labbay”, “Xo‘p bo‘ladi” deyish, ularga salom berishni kanda qilmaslik, nasihatlariga quloq solish, ularni hurmat bilan o‘rindan turib qarshi olish, ota-onani suhbatini buzmaslik, qilayotgan ishlariga ko‘maklashish, ularga to‘rdan joy berish, qo‘llariga suv quyish, sochiq tutish, yo‘l berish, yo‘llarini kesib o‘tmaslik, ota-ona ruxsatisiz uzoq joylarga ketmaslik, ularga yolg‘on gapirmaslik lozimligi xaqida tushuncha berish. Har bir farzand, u hoh qiz bola bo‘lsin, hoh o‘g‘il bola o‘zining yaxshi odobi, namunali xulqi, o‘qishdagi yutuqlari bilan bilan ota-onasiga rahmat keltirishini tushuntirish.
3-mavzu: “Bizning oila” Oila tushunchasiga izoh berish. Oila muqaddas jamoa ekanligi, oilada oila a’zolarining ahil yashashlari, oila boshliqlari buva-buvi, ota-ona ekanligi. Oilada ota-ona, aka-uka, opa-singillar o‘rtasidagi o‘zaro hurmatga asoslangan munosabatlar xaqida. Rasm asosida «Bizning oila» mavzusida suhbat. Oilada farzandlarning tutgan o‘rni, ota-onalarning va farzandlar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, (kattalarni hurmat qilish, kichiklarga g‘amho‘r bo‘lish). Oilada hamjihatlik, ahillik, o‘zaro yordam oila baxtining asosi ekaniligi haqida tushuncha berish.