Ertalabki suhbatlar


-mavzu: “Buvi-buvajonlarimiz”



Yüklə 322,08 Kb.
səhifə4/39
tarix20.11.2023
ölçüsü322,08 Kb.
#162886
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
ЭРТАЛАБКИ СУҲБАТ КАРТОТЕКАСИ

4-mavzu: “Buvi-buvajonlarimiz”
O‘zbek oilalarda buvijonlarni hurmat qilish, ularning xizmatlarini qilish qadimiy urf –odat ekani haqida tushuncha berish. Buvijonlarning dono, mehribon, to‘g‘riso‘z bo‘lishi, ularning so‘ziga quloq solish, bergan nasihatlariga amal qilish zarur ekanligi haqida tushuncha berish. Ertak, rivoyatlarda keksalarni asrash, ularning maslahatlari bilan ish tutish haqida aytilgan pand-nasihatlar. Buvi-buvajonlarning duolarini olish, hurmat qilish, ularning xizmatida bo‘lishni tushuntirish. Oilada qariyalar bilan ahil yashash haqida suratlar ko‘rsatish. Po‘lat Mo‘minning “Buvijonim, buvijon” she’rini o‘qib berish orqali buvijonlarga nisbatan mehr uyg‘otish.


5-mavzu: “Aka-uka, opa-singillarga hurmat”
Bolalarga oilada farzandlar bir-birlari bilan inoq-totuv, mehribon, hamkor va hamdard bo‘lib yashashlarini tushuntirish. Ota-onani qanday hurmat qilsak, aka-opalarni ham shunday hurmat qilishga o‘rgatish. Aka-opalarga “akajon”, “opajon”, “labbay”, “xo‘p bo‘ladi”, “buni men qilay, siz ozgina dam oling” kabi so‘zlar bilan murojaat qilish kerakligi, bunday muomaladan ota-onalarimiz ham xursand bo‘lishini tushuntirish.
Bolalarga kattalarni hurmat qilish, ularni tinglay olish, iltimoslarini, topshiriqlarini bajarish, ko‘rsatmalariga quloq solish, kattalar bilan bo‘ladigan muloqotdan xursand bo‘lish, ularning savollariga to‘g‘ri javob berish, xushmuomalalik bilan “Assalomu-alaykum”, “Labbay”, “Xo‘p bo‘ladi”, “Xayr”, “Yaxshi borib keling” kabi so‘zlarni aytishga o‘rgatish.


6-mavzu: “Alla-qo‘shig‘i”

Bolalarga onalar alla qo‘shig‘ini qadim-qadimdan o‘z bolalari beshigi tepasida kechasi bo‘lsin, kunduzi bo‘lsin alla aytib kelishgani, ona allasining qudrati, sehri nimada ekani, nima uchun alla hayot qo‘shig‘i ekanligi, allada onalarning orzu-umidlari, farzandlariga tilaklari kuylangani haqida tushuncha berish. Alla qo‘shig‘ini tinglash, undan zavqlanishni tarbiyalash.




7-mavzu:Tug‘ilgan kun”
Bolalarga tug‘ilgan kunni oilada nishonlash - o‘zgacha oilaviy qadriyat ekani haqida tushuncha berish. Tug‘ilgan kunni nishonlash - kichkintoylar uchun katta bayram hisoblanishi, tug‘ilgan kunga taklif etiladigan o‘rtoqlarni mehmon qilish, tug‘ilgan kunda turli qiziqarli o‘yinlar tashkil qilish, she’r o‘qish, ashula aytish, raqsga tushish, tabriklar haqidagi tushunchalarini kengaytirish. Mavzu bo‘yicha hikoya va rivoyat o‘qib berish va uni sharhlash.

Yüklə 322,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin