Irsiyat — organizmning o'z belgisi va rivojlanish xususiyatlari-
ni kelgusi avlodlariga o'tkazish xossasidir.
Irsiyat tufayli tur
doirasidagi individlar o ‘xshash b o ‘ladi.
O 'zgaruvchanlik — organizmlarning individual rivojlanish
jarayonida yangi belgilarni k a sh f etish xossasidir.
O ‘zgaruvchanlik
tufayli tu r doirasidagi individlar bir-biridan farq qiladi. Demak,
irsiyat bilan o'zgaruvchanlik bir-biriga qarama-qarshi, ammo bir-
biri bilan uzviy bog‘liq xossalardir. Irsiyat tufayli turning bir xilligi
saqlanib borsa, o ‘zgaruvchanlik uning xilma-xilligini ta ’minlaydi.
Bir tur individlari o ‘rtasidagi tafovutlar organizm irsiyatining mod-
diy asoslari
o ‘zgarishiga bog‘liq. O ‘zgaruvchanlik tashqi m uhit
sharoitlari bilan ham belgilanadi.
O ‘zgaruvchanlik tirik tabiatning xilma-xilligini yaratib, tanlash
uchun material yetkazib beradi, irsiyat esa bu xilma-xillik orasidan
eng moslanganlarini saqlab qoladi, o ‘zgaruvchanlik natijalarini
mustahkamlaydi.
Tiriklikning bu ikkala qaram a-qarshi b o ‘lib tuyulgan xususi-
yatlari: irsiyat (konservativ) va o ‘zgaruvchanlik (progressiv) organik
olamning evolutsiyasi asosini tashkil qiladi.
Genetika irsiyat va o ‘zgaruvchanlikni idora qilish y o ‘llarini ham
o ‘rganadi, uning natijalaridan insoniyat uchun xizm at qilishda foy-
dalanadi. Shuning uchun ham genetika fa n i boshqa biologik fanlar
orasida yetakchi o ‘rinni egallaydi.
Insonlar juda qadim zam onlardayoq ota-onalar va bolalardagi
belgilarning o ‘xshashligiga, ular orasidagi farqlarning ham mavjud
b o ‘lishligiga, bolalarda uzoq ajdodlar belgisining yuzaga chiqishi
mumkinligiga e ’tibor berganlar.
Insonlar irsiyat xususiyatlaridan stixiyali ravishda o ‘z amaliy
maqsadlarida m adaniy o ‘simliklar va uy hayvonlari navlari va zot-
larini yaxshilashda foydalanib kelganlar.
Irsiyat mexanizmlari to ‘g ‘risida dastlabki fikrlarni qadimgi
allomalar — Demokrit, Gippokrat, Platon, Arastu asarlarida
5
uchratish mumkin. M asalan, G ippokrat shunday yozgan edi:
“ ...urug‘ butun tanani hosil qiladi, sog‘lom urug‘dan tananing
sog‘lom qismlari, kasal urug‘laridan esa kasal qismlar hosil b o ‘ladi.
Kaldan — kal bola, ko‘k ko‘zlidan — ko‘k ko‘zli bola, g‘ilaydan
g‘ilay, tuxum sim on kallalidan — tuxum sim on kallali farzandlar
dunyoga keladi” . Anaksagor va Arastuning ham irsiyat va jins
shakllanishi to ‘g ‘risidagi dunyoqarashlari diqqatga sazovordir.
Platon o ‘zining “Siyosat” nom li asarida jism oniy va m a’naviy
sog‘lom bolalar tug‘ilishi uchun er-xotinlarni qanday tanlashni,
bolalarni qanday tarbiyalashni tushuntiradi. Irsiyat to ‘g‘risidagi
m a’lum otlar buyuk vatandoshimiz Ibn Sinoga ham m a’lum edi.
Ibn Sino asarlarida odam tabiatining shakllanishida uning belgilari
(hozirgi zam on tushunchasida — fenotipi), ichki mohiyati (orga-
nizmning irsiy axboroti — genotipi) va elementlarining (genlarning)
o ‘zaro munosabatlarining ahamiyati to ‘g ‘risida qim matli fikrlar
mavjud.
Uyg‘onish davrida tabiat to ‘g‘risidagi bilimlar keng rivojlanib,
har xil ilmiy m a’lum otlar to ‘plandi, tajribalar o ‘tkazildi. O ‘sha
davrda ispaniyalik hakim M erkado “Irsiy kasalliklar” nom li asarni
yaratdi, keyinroq esa M operti, Adams va Nassellarning irsiyat
sohasida olib borgan ilmiy tekshirishlari natijalari chop etildi.
M operti polidaktiliyaning oilada tarqalishini aniqladi (1752-y).
Adams irsiy patologiyasi b o ‘lgan bolalarni hisobga olish, kasallikka
irsiy moyillik, inbriding va m uhitning ahamiyati, irsiy kasalliklar-
ning geterogenligini (xilma-xilligi) ko‘rsatdi.
Nasse gemofiliyaning irsiylanish prinsiplarini tasvirlab, uning
to ‘liq avlodlar shajarasini (genealogiyasini) tuzib chiqdi.
Ammo bu davr hali genetikaning haqiqiy ilmiy davri emas,
o ‘sha davr tadqiqotchilarining asarlarida haqiqiy, aniq m a’lumotlar
tam om ila n o to ‘g ‘ri tushunchalar bilan aralashib ketgan, chunki
hali odam genetikasining nazariy asoslari yaratilmagan edi.
XIX
asrning 80-yillarida A. Veysman birinchi m arta irsiyatning
moddiy asosi xromosomada joylashgan degan fikrni bayon qildi.
G enetika fanini 1900-yilda yaratilgan deb hisoblanadi. Ammo
irsiyat qonunlari chex olimi G. M endel tom onidan 1865-yilda
kashf qilingan edi. 35 yil davomida zam ondoshlar G. Mendelning
kashfiyotini tushunishmadi. G. M endel zam ondoshlari ham mohir
eksperim entchilar b o ‘lishiga qaramasdan, o ‘z tajribalarini amalga
oshirishda va uning natijalarini tahlil qilishda xatoliklarga yo‘l
qo‘ydilar.
6
Genetika
Faqat 1900-yildagina irsiyat qonunlari G. De Friz (Gol-
landiya), K. K orrens (G erm aniya), E. C herm ak (Avstriya)
tom onidan ikkinchi m arta kashf qilindi. G. M endel genetika fani-
ning asoschisi deb tan olindi.
1906-yilda ingliz olimi U. Betson yangi fanni
«genetika»
deb
atashni taklif etdi.
Daniyalik olim V. Iogansen 1909-yilda fanga
gen, genotip
va
fenotip
tushunchalarini kiritdi. 1901-yilda G. De Friz
mutagenez
nazariyasini kashf qildi.
1910—1925-yillarda amerikalik olim T. G. M organ o ‘z
hamkasblari A. Stertevant, G. Meller, K. Bridjes bilan hamkor-
likda
irsiyatning xromosomalar nazariyasini
yaratdi.
XX asrning 20—30-yillarida ionlashtiruvchi nurlarning
(G .A . N adson, G. S. Fillipov, G. Meller, I. Ya. Stadler) va kimyo-
viy moddalarning (M. Ye. Lobashov, V. V. Saxarov) mutatsiya
chaqiruvchi omillar ekanligi kashf qilindi.
Rus genetik olimi N . K. Kolsov 1928-yilda xromosoma ichida
joylashgan oqsil molekulasi irsiyatning moddiy asosi b o ‘lishi
mumkin, degan fikrni bayon qildi.
XX asrning 30-yillarida
mikroevolyutsiya ta ’limoti
(S.S.C het-
verikov, N. V. Timofeyev — Resovskiy va boshqalar) va
evolut-
siyaning sintez nazariyasi
yaratildi.
O ‘sha yillarda Sovet Ittifoqida odam genetikasi va tibbiyot
genetikasi rivojlana boshladi (S. G. Levit, A. A. Prokofyeva —
Belgovskaya, V. P. Efroimson va boshqalar).
XX asrning 40-yillarida G. Bidl, E. Tatum lar mikroorganizm-
lar genetikasi va biokimyoviy genetikaga asos soldilar. Genetika,
mikrobiologiya, biokimyo va fizika fanlari hamkorligida molekular
biologiya va molekular genetika fanlari shakllandi.
XX asrning 50-yillarida M. Uilkins, E. Chargaff, Dj. Uotson
va F. Krik hamkorligida D N K strukturasi to ‘g‘risida aniq m a’lu
m otlar olindi.
XX
asrning ikkinchi yarmida molekular genetika juda rivoj-
landi, genetik kod, genlar faolligining idora qilinishi, genetik
injeneriya va biotexnologiya sohasida ulkan muvaffaqiyatlar qo‘lga
kiritildi.
Hozirgi davrda genetik injeneriya va biotexnologiya metodla-
rining takomillashishi natijasida o ‘simliklarning yangi navlari va
hayvonlarning yangi zotlarini keltirib chiqarishning, insonlarda
7
uchraydigan irsiy kasalliklarni genoterapiya usuli bilan davolash
usullari yaratilmoqda.
Hozirgi davrda genetika fanida genlar nafis tuzilishini o ‘rga-
nish, genomika — shaxsning individual rivojlanishi jarayonida gen-
lar faoliyatining boshqarilishi kabi murakkab m uam m olar ustida
ilmiy izlanishlar o ‘tkazilmoqda.
O ‘zbekistonda genetik tadqiqotlarning rivojlanishiga m ashhur
olimlar Y o.T.To‘raqulov, J.Q.Ham idov, J.A.Musayevlar katta hissa
qo‘shdilar, jum ladan Y o.X.To‘raqulov rahbarligida irsiy kasalliklar
rivojlanishining biokimyoviy mexanizmlari o ‘rganildi. Akademik
J.H .H am idov o ‘z shogirdi A.A.Abdukarimov bilan tireoid gormon-
lar ta ’sirining genetik mexanizmlari haqida m uhim m a’lumotlar
oldilar. Atoqli olimlarimiz N.M .M ajidov, Sh.Sh.Shomansurovlar
asab kasalliklari patogenezida irsiy omillar rolini o ‘rgandilar.
1971-yilda Toshkent Tibbiyot institutida O ‘rta Osiyo respub-
likalarida birinchi m arta J.H .H am idov va A.T.Oqilovlar rahbarligi
da tibbiyot genetikasi b o ‘limi ochilib, irsiy kasalliklar tarqalishining
oldini olishga qaratilgan ishlar olib borildi. Hozirgi davrda geneti-
ka fanini, xususan tibbiyot genetikasini yanada rivojlantirish, uning
yutuqlarini inson manfaatlari yo‘lida foydalanish maqsadida tibbi
yot institutlari qoshida tibbiyot genetikasi kafedralari yoki kurslari
ochilgan b o ‘lib, b o ‘lajak shifokorlarning tibbiy genetikaga oid bi-
limlarini oshirishga xizmat qilmoqda. 1999-yilda “Sog‘lom avlod
u ch u n ” xayriya jam g‘armasi tashabbusi va Vazirlar Mahkamasining
qaroriga binoan Toshkent shahrida Respublika skrining markazi
tashkil qilinib, irsiy va tug‘m a kasalliklar ularni erta aniqlash,
davolash va oldini olish, aholi salomatligini yaxshilash, barkamol
avlodni dunyoga keltirishda genetika fani yutuqlaridan keng foy-
dalanilmoqda.
Mustaqil tayyorlanish uchun topshiriqlar
Dostları ilə paylaş: |