23
guruhlarining soni gaploid to ‘plamdagi xromosomalar soniga teng
b o ‘ladi. Masalan, drozofilada birikish guruhlari soni 4 ga, jo ‘xori-
da 11 ga, odam da 23 ga teng.
Bu hodisani yaxshi tushunish maqsadida drozofilalarda ikki
ju ft belgilarning nasldan naslga o ‘tishi bilan tanisham iz.
Drozofilalarda qo‘ng‘ir rangni belgilovchi gen (B) qora rang geni
(b) dan dom inantlik qiladi. N orm al qanot geni (B) esa kalta qan-
otni belgilovchi gen (b) dan ustunlik qiladi.
Kulrang va norm al qanotli (BB BB) pashshalarni qora va kalta
qanotlilar (bb bb) bilan chatishtirsak, birinchi avlod bir xilligi yuza-
ga chiqadi, ya’ni kulrang va norm al qanotli pashshalar hosil
b o ‘ladi. Keyin F
1
ning irsiy strukturasini aniqlash uchun bu dura-
gaylarni resessiv belgiga nisbatan digomozigot pashshalar (avval
erkak jinsi, keyin urg‘ochi jinsi) bilan chatishtiramiz, (tahliliy
duragaylashni eslang).
Agar tajriba natijasida hosil b o ‘lgan erkak digeterozigot
pashsha (Bb Bb) ni resessiv digomozigot pashsha bilan chatishtir-
sak, belgilar faqat 1 : 1 nisbatda taqsimlanishini ko‘ramiz. G enlar
birikkanligini ta ’kidlash uchun bunday duragaylash natijalarini
yozganda genlarni xromosomaga joylashtirish qabul qilingan:
B —
B —
b
b -
b
b -
— b
- b
Bundan yuqoridagi digeterozigota pashshada faqat ikki xil
gam eta (BB va bb) hosil b o ‘ladi deb xulosa chiqarish mumkin.
Agar M endel qonunlari amalga oshganda edi, 4 xil gameta
(BB : Bb : bB : bb) hosil b o ‘lishini kuzatgan b o ‘lardik.
Shunday qilib, bir xromosomada joylashgan genlar bog‘lanib
o ‘tganligi sababli faqat ota-ona belgilari kuzatilib, yangi belgilar
kuzatilmaydi. Bunday bog‘lanishga to ‘la birikish deyiladi.
Agar urg‘ochi digeterozigot pashshani tahliliy duragaylash
usulida tekshirsak, avvalgi tajribaga nisbatan boshqacharoq natijani
kuzatamiz. Bunda 4 xil variantda belgilarga ega b o ‘lgan avlod hosil
b o ‘ladi. Lekin M endel tajribalarida kuzatilgan 1 :1 :1 :1 nisbatdan
farq qilib, ota-onalarinikiga o ‘xshagan belgilar ko‘proq (kulrang,
uzun qanotli — 41,5%, qora, kalta qanotli — 41,5%), yangi hosil
b o ‘lgan belgilar esa ancha kam (kulrang, kalta qanotli — 8,5%,
qora, norm al qanotli — 8,5%) uchraydi. G enlar birikishining bu
xili
Dostları ilə paylaş: