O‘ZBEKISTON
RESPUBLIKASI OLIY VA
O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
O. E. E S H O N Q U L O V , K. N . N ISH O N B O Y E V ,
M . Sh. B O SIM O V
GENETIKA
Akadem ik litsey o ‘quvchilari uchun darslik
“SHARQ” NASHRIYOT-MATBAA
AKSIYADORLIK KOMPANIYASI
BOSH TAHRIRIYATI
TOSHKENT-2010
BBK.28.04(5U)ya722
E 99
T a q r i z ch i l a r:
Muhamedova M.
— biologiya fanlari nomzodi
Shertayev M.
— biologiya
fanlari nomzodi, dosent
Ushbu darslik biologiya, genetika yo‘nalishida ta’lim olayotgan
akademik litsey va kollej talabalari uchun mo‘ljallangan.
Eshonqulov O.E. va boshq.
Genetika: Akad. litseylar uchun darslik / A.E.Eshon-
E
99
qulov, K.N.Nishonboyev, M.Bosimov. — T.: «Sharq», —
2010. — 176 b.
Sarlavhada: O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta max-
sus kasb-hunar ta’limi markazi.
I.I,2 Muallifdosh.
BBK28.04(5U)ya722
ISBN 978-9943-00-590-7
© A.E Eshonqulov va boshqalar, 2010.
© “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik
kompaniyasi Bosh tahririyati, 2010
© «TURON-IQBOL», 2010
3
K IR IS H
Biologik fanlar orasida eng m uhim laridan biri genetikadir.
G enetika — hayotning asosiy xususiyatlari irsiyat va o ‘zgaruv-
chanlik qonuniyatlarini, bu qoniniyatlardan
amaliy maqsadlarda
oqilona foydalanish usullarini o ‘rganadigan fandir.
G enetika faniga oid bilimlar inson uchun zarur b o ‘lgan, xalq
xo‘jaligining deyarli ham m a sohalarda qo‘llaniladi. Hozirgi davrda
genetikaning juda tez rivojlanayotgan sohalari biotexnologiya va
genetika injeneriya seleksiyaning asosiy usullari hisoblanadi.
Seleksiyaning asosiy vazifalari esa m adaniy o ‘simlikning hosildor
navlarini, uy hayvonlarining yangi zotlarini,
mikroorganizmlarning
foydali shtam mlarini keltirib chiqarishdir.
Molekulyar genetika va genetik injeneriyaning keyingi yillarda
barq urib rivojlanishi mikroorganizmlar, o ‘simliklar va hayvonlar
irsiyatini inson uchun foydali tom onlarga o ‘zgartirish imkoniyatini
yaratmoqda.
Ayniqsa
odam
genetikasi
m uam m olarini
o ‘rganishda,
odam larda uchraydigan irsiy kasalliklarni
davolashning istiqbolli
usullarini yaratishda genetika fanining roli juda muhimdir.
Akademik litsey va kollejlar talabalari uchun tavsiya etila-
yotgan bu darslikda genetika fanining asosiy m uam m olari qisqa va
tushunarli tarzda bayon qilingan.
K o‘pchilik mavzularning m azm uni qisqacha tushuntirilgandan
keyin mavzuni mustahkamlash uchun savollar berilgan,
vaziyatga
oid masalalar, test topshiriqlari va unga javoblar keltirilgan.
Mualliflar bu darslikni yaratishda mavzular mazmunining
sodda, tushunarli b o ‘lishiga ko‘proq e ’tibor berdilar.
Ayniqsa darslik oxirida keltirilgan atam alar lug‘ati talabalar-
ning genetikaga oid bilimlarni o ‘zlashtirishiga katta yordam beradi
deb hisoblaymiz.
Darslik biologiya va genetika
darsliklaridan maktablar, kollej
lar, akademik litseylar va oliy o ‘quv yurtlarida uzoq yillar davomi-
da bilim berib kelgan va shu fanlar b o ‘yicha o ‘quv qo‘llanmalari va
darsliklar yaratgan mualliflar tom onidan yozilgan.
Shubhasiz, darslikda ayrim kamchiliklar uchrashi mumkin.
U larni bartaraf etish maqsadida berilgan maslahatlar, taklif va
mulohazalarni mualliflar m innatdorchilik bilan qabul qiladilar.
4
Genetika
I B O B
1 -§ . G enetika fani va uning
qisqacha
yaratilishi tarixi
“G enetika” so‘zi grekcha “genesis” so‘zidan olingan b o ‘lib,
“kelib chiqish” , “tug‘ilishga taalluqli” degan m a’nolarni beradi.
G enetika barcha tirik organizmlarga xos b o ‘lgan xususiyat — irsi-
yat va o ‘zgaruvchanlik qonunlarini o ‘rganuvchi fandir.