Javob. Salem. Qabul: Seylem.
Izoh: Shundan keyin shaharda jodugarlar paydo bo’lgani haqida gap so’zlar tarqaladi va tez orada 200 dan ortiq odam jodugarlikda ayblanib hibsga olinadi.
Muallif: Bobur Maksimov
80-savol. 1941-yilda ishlangan "Fuqaro Keyn" filmining qizlar xor aytishi sahnasi avvaliga bordelda olinishi kerak edi. Biroq studiya bunga ruxsat bermaydi. Albatta, bu holat Orson Uellsni umuman xafa qilmagan.
Diqqat savol: 1969-yilgi filmda huddi shunday holat qanday sahna orqali amalga oshirilgan?
Javob. Yadro bombasi portlashi.
Izoh: Orson Uells bu sahnaning boshqa joyda olinishi evaziga ssenariyga filmdan biror sahnani kesib tashlamasliklariga erishadi. "Brilliant qo’l" filmi oxiriga aynan shunday maqsadda yadro bombasi portlashi sahnasi joylanadi.
Muallif: Bobur Maksimov
8 1-savol. Tarqatma material. Ushbu fotoda siz tangodagi IKS ni ko’rib turibsiz.
Diqqat savol: 2021-yildagi kimning IKSI i eng zo’ri deb topildi?
Javob. Erik Lamela.
Izoh: Tango raqsida ham oyoqning bu holatda turishi "rabona" deb nomlanadi. 2021-yilda Erik Lamelaning rabona uslubidagi goli "Eng chiroyli gol" sifatida Pushkash mukofotiga loyiq ko’rildi.
Muallif: Bobur Maksimov
82-savol.Gloriya Xiroko 1978-yilning martida turmushga chiqadi. Ammo umrining katta qismida u erini yiliga 44 soat ko’ra olgan.
Diqqat savol: Uning erining familiyasini yozib bering.
Javob. Chepmen.
Izoh: Mark Chepmen yapon ayolga ham uylangan. Lennon o’ldirilganidan so’ng u qamoqda bo’lgan.
Muallif: Sardor Ahmedov 83-savol. (Ushbu savol o’yinning 15-savoli sifatida taqdim etilgan) [Savolda O’N BESHINCHI so’zlari boshqa bir so’z bilan almashtirilgan.]
Aleksandr Padar bir necha yil oldin "O’N BESHINCHI" nomli oftalmologik klinikalar tarmog’ini ochgandi.