Diqqat savol: Uning muallifi familiyasini asar uslubiyatiga mos ravishda yozib bering.
Javob. Prk
Qabul:Jorj Prk
Izoh: Jorj Perekning mashhur “Yo’qolish” asari lipogramma usulida yozilgan bo’lib, unda fransuz tilida eng ko’p ishlatiladigan “e” harfi biror marta ham ishlatilmagan. “E” harfi 26 harfdan iborat fransuz alifbosining 5-harfi bo’lgani uchun 5-bob ham “yo’qolgan” ekan. Perek familiyasidan barcha “e” harflarini olib tashlab yozsak “prk” so’zi hosil bo’ladi.
Muallif: Bobur Maksimov
105-savol. Tarqatma material.
Hurmatli bilimdonlar, ushbu savol bir qarashda sizlarga o’yinimizning eng qiyin savoli bo’lib ko’rinishi mumkin albatta, ammo ishonamanki, barcha bilimlaringizni ishga solgan holda uning javobini topasizlar.
Savolda almashtirishlar bor: Tarqatma materialdagi birinchi suratda siz BETTAning ALFAsini, ikkinchi suratda esa DELTAning GAMMAsini ko’rishingiz mumkin.
Diqqat savol: Bir daqiqadan so’ng, ALFA, BETTA, GAMMA, DELTA so’zlari bilan almashtirilgan so’zlarni to’g’ri ketma-ketlikda yozib bering.
Javob: Ko’z qo’rqoq qo’l botir.
Hisob: Aniq javob.
Izoh: Savolning kirish qismi sizlarga “Ko’z qo’rqoq, qo’l botir” maqolini eslatishga yordam berishi kerak edi. Birinchi suratda siz “Kavkaz asirasida”gi Qo’rqoq (Трус)ning ko’zini, ikkinchi suratda esa Botir Zokirovning qo’lini ko’rishingiz mumkin.
Muallif: Sardor Ahmedov
106-savol. Marhum muftiy Usmonxon Alimov bir intervyusida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf va Birinchi Prezident Islom Karimov boshchiligidagi delegatsiya Saudiya Arabistoniga borishgandagi voqeani aytib beradi. Bunda muftiy bir iborani keltirib, bu ibora xalqimiz orasida salbiy ma’no bildirishini, aslida esa hatto kamdan-kam odamlarga nasib etadigan katta sharaf ekanligini ta’kidlab o’tadi.
Diqqat savol: Ushbu iborani yozib bering.