Diqqat savol: 1954-yilda xuddi shunday holat tufayli “kengaygan” gidronim nomini yozib bering.
Javob. Bering bo’g’ozi
Qabul:Aniq javob
Izoh: Vladimir Zelenin xalq dushmani sifatida qamoqqa olingani uchun Katta sovet ensiklopediyasida unga bag’ishlangan maqola o’rniga “Yashil qurbaqa” (Зелёная лягушка) haqidagi maqola paydo bo’ladi. 1954-yilda Lavrentiy Beriya hibsga olinishi bilan ensiklopediya mualliflari o’quvchilardan ensiklopediyadan Beriya haqidagi maqolani qirqib tashlash va Bering bo’g’ozi haqidagi to’liqroq maqolani yopishtirib qo’yishni so’ragan.
Muallif: Bobur Maksimov
96-savol. 1981-yilda tug’ilgan bu inson bolaligida multfilmlar uchun komikslar chizishni yaxshi ko’rgan va dastlab qilgan katta ishi Asteriks sarguzashtlariga bag’ishlangan multfilm uchun suratlar chizish bo’lgan. Uning yangi qirrasining ochilishiga va dunyo bo’yicha mashhur bo’lishiga esa taxminan 10 yil oldin chizilgan Paulning surati sabab bo’lgan edi.
Diqqat savol: Gap kim haqida bormoqda?
Javob. [Omar] Momani
Izoh: Iordaniyalik mashhur karikaturachi JCH-2010 paytida sakkizoyoq Paulning karikaturasini yaratish orqali internet olamida mashhur bo’lgan.
Muallif: Suhrob Sharipov
97-savol. Kulinariyada va gidronomikada qanday qilib umumiy nom ega bo’lishi mumkin? Bu haqida gapirar ekan, tilshunos professorlardan biri, turkiy tillarda ilgari “nozik”, “nafis” va “ingichka” ma’nolarini beruvchi so’z mavjud bo’lganligini, bu so’zning o’zgarishi natijasida U hosil bo’lganligini yozadi.
Diqqat savol: Uni yozib bering.
Javob. Norin
Qabul: Aniq javob
Izoh: Professor To’ra Nafasovning yozishicha, turkiy tilda mavjud bo’lgan nariyn, narin, nar’n, narhun kabi so’zlar natijasida xamiri ingichka bo’lib kesiladigan milliy taom va ingichka bo’lib oqadigan Norin daryosi o’z nomini olgan ekan.
Muallif: Suhrob Sharipov
98-savol. O’tgan asr ikkinchi yarmida Men shtatidagi uncha katta bo’lmagan Bangor shahrida bir mashhur inson yashagan. Oradan biroz muddat o’tgach “U” yaratilgan.