Javob.Mandela effekti
Qabul: Aniq javob.
Izoh: Yuqorida aytib o’tilgan nazariya tarafdorlari avval №A12-olamda, hozirda esa №B34-olamda yashayotgan odamlar Nelson Mandelaning o’limi haqida bu olam uchun yolg’on bo’lgan xotirani saqlab qolishgan.
Muallif: Bobur Maksimov
93-savol. Romanning ingliz tilidagi asl shaklida bu qahramonning qanday atalgani bizga ma’lum. Ruscha tarjimalardan birida Klarens Timoti Otto eslab o’tiladi. Bu qonuniyatga tayansak, bizdagi tarjimasida, misol uchun Parfiyev Saidovich Tonchi deyish mumkin edi.
Diqqat savol: Bu qahramonning ingliz tilidagi nomini yozib bering.
Javob. A.N. Onim
Qabul: Anonim, A.N. Onym.
Izoh: “O’nta negr bolasi” asaridagi xatlar muallifi Anonim shaklida kelgani bois, ularga A.N. Onim deya imzo qo’yilgan edi. Ruslar tarjimalardan birida uni “Кто-то” shaklida qo’llagan, bizda esa balki P.S. Tonchi – ya’ni Pistonchi yoki Falonchi bo’lardi.
Muallif: Suhrob Sharipov
94-savol. Amerikalik Jerald Nyuport, garchi faqat bakalavr diplomiga ega bo’lsada, baribir “olim” hisoblanadi. Masalan, u 2010-yil iyunda Magdeburgda bo’lib o’tgan o’ziga xos chempionatda “Eng serqirra kalkulyator” deb topilgan.
Diqqat savol: U haqidagi vikipediya maqolasida qaysi bir harfdan boshlanuvchi ikki so’zni uchratish mumkin?
Javob.Savant sindromi
Qabul: Aniq javob
Izoh: Jerald Nyuport boshqa savantlar singari hisoblash borasida o’ta yuqori bilim egasi hisoblanadi. Fransuz tilida “savant” “olim” degan ma’no anglatadi.
Muallif: Bobur Maksimov
95-savol. Savolda IKS 3 ta so’z bilan almashgan 1952-yilda yuz bergan “shifokorlar ishi” kardiolog Vladimir Zeleninni ham chetlab o’tmagan. Shu tufayli IKS da “Yashil qurbaqa” paydo bo’lgan.