101-savol. Savolda ikki so’z BU ISHNI QILISH so’zlari bilan almashtirilgan.
Eduard Tsa’re hokkusini yozib oling:
Qishki tun
Oxirgi tramvay
Faqatgina BU ISHNI QILMOQDA.
Diqqat savol: Qaysi kimyoviy element nomi BU ISHNI QILUVCHI so’zlaridan hosil bo’lgan?
Javob. Fosfor.
Qabul: Aniq javob
Izoh: Hokku “... yorug’lik (nur) tashimoqda” so’zlari bilan yakunlanadi. Darhaqiqat, bo’m-bo’sh tramvay qorong’u tunda huddi faqatgina yorug’likni tashib yurgandek ko’rinadi. Fosfor so’zi yunoncha “nur” va “tashiyman” so’zlaridan hosil bo’lgan.
Muallif: Sardor Ahmedov
102-savol. Savolda boshqa so’z “beshinchi” so’zi bilan almashtirilgan.
Koson tumanida “Annabozor” qishlog’i mavjud. Aytishlaricha, qishloq nomidagi “anna” so’zi “beshinchi”ning fonetik o’zgarishga uchragan shakli ekan.
Diqqat savol: Kim 1927-yilda “Beshinchi” nomli qissa yozgan?
Javob. [Sadriddin] Ayniy
Qabul: Sadriddin Said-Murodzoda.
Izoh: Toponimning etimologiyasi bu yerda juma kuni bozor bo’lishi bilan bog’lanadi. Arab tilida juma – odina deyiladi. “Odina” fonetik o’zgarish tufayli “anna”ga aylangan ekan.
Muallif: Bobur Maksimov
103-savol. Tarqatma material.
T arqatmada siz mashhur guruhga bag’ishlangan o’ziga xos karikaturani ko’rib turibsiz. Karikatura muallifi unga guruh nomini o’zgartirish orqali yangi nom bergan.
Diqqat savol: O’sha yangi nomni yozib bering.
Javob. Italica
Qabul: Itallica
Izoh: Karikatura mashhur “Metalliсa” guruhiga bag’ishlangan. Ular nishab ostida tasvirlangani sababli muallif guruhga “Itallika” nomini bergan.
Muallif: Bobur Maksimov 104-savol. 1969-yilda yozilgan romanda 26 ta bob ichidan beshinchisi ham yo’q ekanligiga guvoh bo’lishmiz mumkin.