71-savol. Tarqatma material.
Dunno Diqqat savol: 1954-yilda paydo bo’lgan qaysi rus adabiyoti personaji inglizcha tarjimada siz ko’rib turgan nomga ega bo’lgan?
72-savol.Uydagi iliq muhit haqida qayg’urgan KFC kompaniyasi hatto qovurilgan tovuq va ziravorlar iforiga ega ULARNI ham sotar ekan.
Diqqat savol: Qaysi ertak qahramoni UNDAN paydo bo’lgan?
Javob. Pinokkio. Hisob: Buratino.
Izoh: KFC xatto kamin uchun maxsus o’tinlar (xoda; to’nka) ham sotar ekan. Bunday o’tin yonish jarayonida o’zidan turli hil yoqimli hid taratar ekan.
Muallif: Sardor Ahmedov
73-savol.O`zingizning juftingizni topishingizga yordam beruvchi "Hinge" ning shiori "Yakunda siz albatta bu ishni qilasiz" hisoblanadi.
Diqqat savol: Nimaga nisbatan bu ishni qilsangiz XON paydo bo`ladi?
Javob. Dasturxon.
Izoh:Juftingizni albatta topasiz, shundan so’ng sizga bu dastur kerak bo’lmay qoladi va Siz bu dasturni o`chirib yuborasiz. Dasturxondan Dasturni o`chirsangiz, xon paydo bo`ladi
Muallif: Suhrob Sharipov
74-savol. Tarqatma material. Died in very young age!
She was very beautiful and talented.
Qarshingizda bir inson haqidagi videoda qoldirilgan izohdan parcha.
Diqqat savol: U kim?
Javob. Divya [Bharti].
Izoh: 19 yoshida olamdan o’tgan hindistonlik mashhur aktrisaning ismi Divya "Died in very young age" ya’ni “Juda barvaqt vafot etgan” deya rasshifrovka qilingan.
Muallif: Suhrob Sharipov
75-savol. Har yili Daniyaga Yevropaning turli burchaklaridan qushlar uchib kelib, qorong’u tushishidan oldin havoda bir joyga doira shaklida to’planadigan marosimni mahalliy aholi "SHUNDAY IKS" deb nomlaydi. 1957-yilda yozib tugallangan asar nomida IKS SHUNDAY BO’LMASLIGI aytiladi.