63-savol. Tarqatma material. Bolalar ovqatlarini ishlab chiqaruvchi Gerber kompaniyasi yaxshi niyatlar bilan o’z mahsulotini Markaziy Afrika davlatlarida sotishni boshlaydi, ammo tez orada mahalliy bozorning o’ziga xosligini yaxshi o’rganmaganligi sababli xatoga yo’l qo’yganligini tushunib yetadi. Afrikalik oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilar esa bu o’ziga-xoslikdan yaxshi xabardor edi.
Diqqat savol: Afrikalik ishlab chiqaruvchilarning qanday o’zaro kelishuvi bo’lganligi sababli Gerber kompaniyasining mahsulotlari sotilishi qiyinlashgan?
Javob. [Tovardagi] etiketkada [uning] qadoq ichidagi mahsulotning rasmni joylashtirilish
Izoh: Afrikaning aksariyat aholisi savodsiz bo’lganligi sababli mahalliy oziq-ovqat kompaniyalari tovar etiketkasiga uning ichida nima bo’lsa, o’sha narsaning su’ratini joylashtirishga o’zaro kelishib olishgan.
Muallif: Sardor Ahmedov
64-savol. Diqqat, savolni topishda yetarli bilimlaringiz bo’lmasa holingiz voy. Xorazmda azaldan bayram-tadbirlarda kishilar bir-birlariga chugirma hadya qilishi an’ana tusiga kirgan. Hadya faqatgina Ularga berilmagan. “U” – 1911-yilda yozilgan asar nomi.
Diqqat savol: Uni ikki o’zakdan iborat bitta so’z bilan yozib bering.
Javob: Padarkush.
Izoh: Mahmudxo’ja Behbudiyning “Padarkush yohud o’qimagan bolaning holi” dramasi o’zbek tilidagi ilk drama hisoblanadi. Savol boshida aytilgan gaplar asarning ikkinchi nomiga analog edi. Padarkushlar haqida boshqa gaplashmaymiz.
Muallif: Suhrob Sharipov 65-savol. Diqqat, savolda almashtirilgan so’z bor. Ivan Ayvazovskiy o’zining yuksak iqtidori sababli 23 yoshidayoq rassomchilik akademiyasida ARISTOKRAT bo’ladi. Tog’ay Murodning bir asarida esa allaqachon vafot etgan ARISTOKRAT lar sababli foyda ko’radigan salbiy qahramon mavjud.
Diqqat savol: Qaysi so’z savolda ikki marta boshqa so’zga almashtirilgan?