Espero” jamoasi savollaridan iborat to’plam. 1-savol. Savol matnida iks bilan uchta so’z almashgan



Yüklə 2,45 Mb.
səhifə21/39
tarix01.12.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#170288
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39
ESPERO JAMOASI TOMONIDAN TAYYORLANGAN 115 SAVOL

Diqqat savol: Shu kabi variantlardan biri bo’lgan oxirgi jumlada qoldirib ketilgan familiyani yozib bering.


Javob. Rooney (Runi). Qabul: Kichik grammatik xatolar bilan.
Izoh: Savol muallifi Toshkent metro stansiyalari nomlarini turistlar yaxshi yodlab olishlari uchun ayrim variantlarni taklif qilgan edi: Yunusobod, Novza, Olmazor bekatlari uchun variantlar sizga berildi. “Beruniy” bekati nomini esa "Be Rooney" ya’ni "Runi kabi bo’l" deya shifrovka qilingan.
Muallif: Suhrob Sharipov


58-savol. 1970-yillarda yozilgan Pirimqul Qodirovning “Erk” qissasida SALAT - oqayotgan suvga qiyoslangan.
Diqqat savol: Savolda tushurib qoldirilgan 4 ta harfni yozib bering.


Javob. E,K,O,R (istalgan ketma-ketlikda)
Izoh: “Erk” qissasi asosan metro qurilish davrini tasvirlagan. Eskalatorning harakatlanishi adibga esa suv oqimini latgan. Metro haqidagi savoldan keyin eskalator haqidagi savolning kelishi ham biejiz emas.
Muallif: Suhrob Sharipov

59-savol. [Boshlovchiga: sanani aniq qilib o’qish va shunga urg’u berish kerak]
2000-yilning 4-may sanasida Amerika xokkeyi tarixida eng uzoq davom etgan o’yinlardan biri boshlanadi. “Pittsburg” va “Filadelfiya” jamoalari o’rtasidagi kechga yaqin boshlangan bahsda beshta overtaym kuzatilgan. Ushbu match haqidagi “Komanda” gazetasining maqolasi “Gunohlar shahri” deb nomlangan.
Diqqat savol: Qaysi so’zlarni “Gunohlar shahri” so’zlariga almashtirganmiz?


Javob. “Quyosh botishidan to quyosh chiqqunicha”
Hisob: "От заката до рассвета"; “From Dusk Till Dawn”.
Izoh: 2000-yilning 4-may shom paytida boshlangan o’yin to ertasi kuni tong otgunicha yetti soat davom etgan. Savolda Gollivud rejissyori Robert Rodrigezning bir filmi, uning boshqa mashhur filmi nomiga almashtirilgan.
Muallif: Suhrob Sharipov



Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin