Javob: Beatriche Chenchi.
Izoh: Avvalgi savolda aytib o’tganimizdek, Beatriche o’z otasi qotili hisoblanadi. Voqea esa XVI asr oxirida (1598-99) bo’lib o’tgan. Ayni shu davrda chizilgan kartinada aslida Beatriche Chenchi tasvirlangani taxmin qilinadi. Novoxodonosorning qonxo’r sarkardasi Olofern.
Muallif: Bobur Maksimov
55-savol.Savolda almashgan so’zlar bor. Jaloliddin Rumiy aytishicha, BUNI ISHNI QILGAN bilan qush bo’lib qolmaysan.
Diqqat savol: BU ISHNI QILGAN deb aytishimiz mumkin bo’lgan O’rta asrlarda yashagan ikki osiyolikni yozib bering.
Javob: Alisher Navoiy va Fariduddin Attor.
Izoh: BU ISHNI QILISH - qush tilini o’rganish. Alisher Navoiy va Fariduddin Attor "Lison ut-tayr" va "Mantiq ut tayr" asarlarini yozishgan.
Muallif: Bobur Maksimov 56-savol. (Ushbu savol birinchi tur birinchi savoli bo’lgan).
Sidney opera teatrining noodatiy shakli — USTIning buzilishiga sabab bo’ladi, shu sababli bino ichida maxsus reflektorlar o’rnatilgan. Ko’plab cover musiqalarni birlashtirgan YouTubedagi albomlardan biri ham "USTI da parvoz qiling" deb nomlanadi. Savoldagi bir so’zda palindromni hosil qiluvchi 4 ta harf tushirib qoldirilgan.
Diqqat savol: Siz tushirib qoldirilgan harflarni emas, o’sha so’zni to’liqligicha yozib bering.
Javob.Akustika
Izoh: Sidney opera teatri shakli sababli akustikaga salbiy ta’sir qilar ekan. YouTubedagi albom ham "Akustikada parvoz qiling" deya nom olgan. Savolda esa “AKKA” harflari tushib qolgan edi. Akustika so’zi yunoncha “eshitaayapman” so’zidan kelib chiqgan.
O’ylaymizki, meni yaxshi eshitayaptiz va bugun bizda akustika yaxshi! Muallif: Suhrob Sharipov
5 7-savol. Tarqatma material.
Savol muallifi yurtimiz mexmonlariga oson bo’lishi uchun siz ko’rib turgan ayrim variantlarni taklif qildi.