Javob: Sparangiz. Hisob: Spargalis; Sparangis; Siparangis; Siparangiz
Hisob emas: To’maris o’g’li)
Izoh: Rus askarlari uzoq vaqt kutib qolishgach, zerikishdanmi yoki sovuq o’tgandanmi o’yin-kulgu va ichkilikga berilishadi. Bunga daryo nomi ham ishora qilishi kerak edi. Mil. avv. 530-yilda To`marisning o`g`li Sparangiz ham huddi shunday holat sababli mag`lub bo`lgan.
Muallif: Bobur Maksimov 44-savol. (Bu savol o’yinning so’nggi, 24-savoli bo’lgan) Tarqatma material. B u esdalik tanga pulda tasvirlangan inson 2008-yildagi filmda IKS bo’lgan va bosh qaxramonga katta omad keltirgan. Bugun IKS – bu “IKS”.
Diqqat savol: IKS ni maksimal aniqlikda bir necha so’z bilan yozib bering.
Javob: Oxirgi savolning javobi. Hisob:Oxirgi javob; So’ngi javob
Izoh: Rasmdagi shlyapadan va qilichdan uning mushketyor ekanligini, orqa fondagi cherkovdan esa uning aynan Aramis ekanligini anglash mumkin. “Xarobadan chiqqan millioner” filmi qahramoni Jamol Malik oxirgi savolning javobini ya’ni “Aramis”ni topib, 20 mln rupiya yutib oladi.
Muallif: Suhrob Sharipov
4 5-savol. Tarqatma material. 2004-yilda malika Diana su’rati tushirilgan bir necha ming dona qalbaki 10 funtlik banknotalar tarqalib ketadi va shov-shuvli qiziqish uyg’otadi. Keyinchalik, ulardan birini xatto Britaniya Muzeyi ham o’z kollekciyasiga qo’shib qo’ygan. Ushbu banknotadagi yozuvlardan birini, biroz qisqartirilgan holatda tarqatma materialda ko’rishingiz mumkin. Tarqatma materialdagi matnda biz ikki harfni tushirib qoldirdik.
Diqqat savol: Harflari tushirib qoldirilgan SO’ZNI asl holida yozib bering.
Javob: Banksy. Hisob: Benksi; Banksi.
Izoh: Asli kimligi noma’lum bo’lgan, strit-art yo’nalishida Benksi tahallusi ostida ijod qiluvchi rassom oxirgi yillarda o’zining turli hil performanslari bilan mashxur. 2004-yilda Benksi savolda aytilgan qalbaki pullarni bosib chiqarib, dastavval baland bino tomidan sochib performans uyushtirmoqchi bo’lgan. Kupyurada esa “Bank of England” emas, balki “Banksy of England” so’zlari yozilgan edi.
Muallif: Bobur Maksimov
46-savol. O’tgan yili UNING ikkinchi nikohi ham sud qaroriga binoan bekor qilindi. 2006-yilda U ikkinchi marotaba uylandi. 2000-yilda U Jenifer bilan turmush qurdi. Faoliyatini 1987-yilda “Neytral hudud” filmida boshlagan. Kino olamiga kirib kelgunicha shofyor va mebel tashuvchisi bo’lib ishlagan. U 1963-yilda Oklaxomada tug’ilgan.