41-savol. Tarqatma material. L jedmitriy I va Marina Mnishekning nikoh to’ylarida Rossiya tarixida ilk bora UNDAN foydalanishgan ekan. Bu holat tarixchilarning Ljedmitriy ruslardan kelib chiqmagan ekanligi haqidagi fikrini yanada mustahkamlaydi. Qadimgi Rimda UNDAN faqat ushlab turish uchun foydalanishgan ekan.
Diqqat savol: Uni bir so’z bilan yozib bering.
Javob: Vilka. Hisob: Sanchqi.
Izoh: Shaxmatda raqibning ikki yoki undan ortiq figurasiga bitta figura havf solgan holat vilka deb nomlanadi.
Muallif: Bobur Maksimov
42-savol. Bu savolni ushbu turda nechinchi navbatda va qanday ko’rinishda bersak, sizlarga qulayroq bo’lar ekan deb rosa o’yladik. Bir hazilga ko’ra IKS ning oilaviy fotosu’ratlarida chiroyli farzandlari old qatorda turishar ekan.
Diqqat savol: IKS ni kelib chiqishi inglizcha bo’lgan so’z bilan yozib bering.
Javob: Merchandayzer
Izoh: Merchandayzer so’zi inglizcha “merchandiser” – «savdogar» so’zidan olingan bo’lib, ko’pincha supermarketlarda mahsulotlarni namoyish qilish, ularni rastalarga to’g’ri joylashtirish va tegishli jihozlarni o’rnatish (muzlatgichlar, qo’shimcha ko’rgazma kassalari, reklama tagliklari) uchun javobgar shaxs hisoblanadi. Asosiy vazifasi - do’kon javonlarida mahsulotlarni sotib olish uchun qulay qilib joylashtirilganini nazorat qilish.
Muallif: Bobur Maksimov
43-savol. 1376-yilda Oltin O’rda xoni Arapsha (Arabshox Muzaffar) ning askarlari yaqinlashib kelayotganidan xabardor bo’lgan rus knyazlari o’z qo’shinlarini PyAna daryosi bo’yida jamlab dushmanni kutishadi, ammo uzoq vaqt hujm bo’lavermaganligi rus askarlariga salbiy ta’sir qiladi va BU HOLAT keyinchalik mag’lubiyatga sabab bo’ladi.
Diqqat savol: Ushbu voqeadan taxminan 19 asr ilgari huddi SHU HOLAT bilan bog’liq xatoga yo’l qo’yib, mag`lub bo`lgan sarkarda ismini yozib bering.