Javob: Qirg’iy [lochin; qarchig’ay] ko’z (i)
Hisob:Hawk-Eye
Izoh: Hawk-Eye — o`yin snaryadi harakat trayektoriyasini modellashtiradigan programmalashgan apparat bo`lib, ilk bora 2001-yildan boshlab sport musobaqalarida qo`llana boshlangan. Asosan tennis matchlarida to’pning qayerga tushganligini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Darvoqe, tizim yaratuvchisi Pol Houkinsning familiyasi ham sizga o’ziga xos yordam bo’lishi mumkin edi. Sten Li hamda Don Xek tomonidan yaratilgan komiks qahramoni bo’lgan Lochin ko’z 1965-yildan boshlab Qasoskorlar safida harakat qila boshlagan.
Manba(lar): 1) https://ru.wikipedia.org/wiki/Hawk-Eye
2) https://ru.wikipedia.org/wiki/Соколиный_глаз_(камень)
3) https://ru.wikipedia.org/wiki/Соколиный_глаз_(Marvel_Comics)
Muallif: Suhrob Sharipov
3 7-savol. Tarqatma material. Qarshingizda, 1909-yilda Azarbayjonda chiqqan, bir salbiy holatni tanqid qiluvchi karikaturaning qismlari. Unda ikkita holat tasvirlangan bo’lib, ularning har birining ostiga yozilgan ikkitadan so’zni ko’rish mumkin edi. Ikkala yozuvda ham bir hil, o’tgan zamon fe’li qatnashgan.
Diqqat savol: Ushbu fe’ldan tashqari yozuvlarda ko’rish mumkin bo’lgan ikki so’zni yozib bering.
Javob: Azarbayjonlarda ham ko’plab sharq millatlariga xos bo’lgan, o’g’ilni qiz boladan ustun qo’yuvchilarni masxara qiluvchi karikatura. Karikaturaning birinchi qismida "O’g’il tug’ildi", ikkinchi qismida esa "Qiz tug’ildi" so’zlarini ko’rish mumkin. Otaning reakciyasini ta’riflashning hojati yo’q.
Muallif: Sardor Ahmedov
38-savol. “O’tgan kunlar” romanida Toshkentga kelgan Kumushni ko’rish uchun har kuni mehmonlar kelaverishadi. Kumush, ularning ijobiy fikrda ketganliklarini, qaynonasi O’zbekoyimning har gal BIR ISH qilishidan payqar edi. Hozirgi kunda BU ISH ni trend darajasida desak mubolag’a bo’lmaydi.
Diqqat savol: Qanday ish ekanligini 2 so’z bilan yozib bering.