60-savol. (Bu savol oldingi savolga meta sifatida ikkinchi turda taqdim etilgan) Kunlardan birida AQShlik Barns xonimning hayolida eri bilan bog’liq turli xil noxush fikrlar paydo bo’la boshlaydi. “Balki ma’shuqasining yonida qolgandur”, yoki bo’lmasa “ishdan qaytayotib mashinasini urib olganmikin a?”.
Janob Barns uyga kelgach buning asl sababi ayon bo’ladi, ammo baribir o’rtada yaxshigina janjal kelib chiqadi.
Diqqat savol: Ushbu janjal sodir bo’lgan sanani maksimal aniqlikda yozib bering.
Javob. 2000-yil 5-may. Hisob: 5-may; 05.05.2000; 2000.05.05
Izoh: 2000-yil 4-may oqshomida sizga oldingi savollardan biridan (2-tur 4-savol) ma’lum bo’lgan “Pittsburg” va “Filadelfiya” jamoalari o’rtasidagi xokkey matchi bo’lib o’tgan va janob Barns ushbu matchdan ertasi kuni uyga qaytib kelgan.
Muallif: Suhrob Sharipov
61-savol. Tarqatma material. Bu frazani zamonaviy rassom Yan Fabr o’z san’atining “havorang davri”ga ta’rif bera turib aytgan. Biz tarqatmadagi faqatgina bir so’zda bir harfni almashtirganmiz.
Diqqat savol: O’sha so’zni orginalida yozib bering.
Javob. Bic. Hisob:Aniq javob
Izoh: Rassom o’z kartinasini yaratishda Bic kompaniyasining havorang sharikli ruchkalaridan foydalangan.
Muallif: Suhrob Sharipov
62-savol. (Bu savol turning 11-savoli bo’lgan)Bir yozuvchining asarida bolalardan biri huddi oyog’ida kishan bordek mayda qadam tashlashi, ikkinchisi esa xuddi shpagatga o’tirishga harakat qilayotgandek harakatlangani ta’riflanadi.
Diqqat savol: Bolalar nima qilishayotganini xorijiy so’zdan foydalanib, bir nechta so’z bilan aniq yozib bering.
Javob.Penalti nuqtasini aniqlash
Izoh: Adeliya Amrayeva “Futbol maydoni” asaridagi ushbu epizodda ikkala bola futbol o’yinida penalti uchun 11 metr sanayotgan edi. Bittasi yaqinroq bo’lish maqsadida kichik, ikkinchisi uzoqroq bo’lishi maqsadida katta qadam tashlagan.
Darvoqe, savolimiz ham 11-savol edi. Muallif: Suhrob Sharipov