Javob.Bir qoshiq qon
Izoh: O’yinchilarga ayblarini qon bilan yuvish taklif qilingan va ularni donorlik qilishga chaqirishgan. Hamma ham sog’lig’i sabab donor bo’la olmaydi. Bir qoshiq qondan kechganlar esa yana o’yinga qaytishadi.
Bugungi savollar tugadi, kamchiliklar uchun bir qoshiq qonimizdan kechasizlar)) Muallif: Suhrob Sharipov
87-savol. Tarqatma material. Roma futbol klubi an’analariga ko’ra, futbolchilarning taqdimot marosimlarida siz rasmda ko’rib turgan bolalar va shu kabi suratlar katta ekranlarda ko’rsatiladi. Bunga sabab esa, bu bolalar – SHUNDAY ekanligi edi.
Diqqat savol: Maqolga ko’ra, SHUNDAY moslama nimaga ega ekanini 2 so’zda yozib bering.
Javob. Oltin sop. Qabul:Sopi oltin, oltin dastali.
Izoh: Roma an’analariga ko’ra, yirik o’yinlar yoki taqdimotlarda yo’qolgan bolalar katta ekranlarda ko’rsatiladi va ularni topishga ko’maklashiladi. Xalqimizda esa “Yo’qolgan pichoqning sopi oltindan” degan maqol bor.
Muallif: Ulug’bek Solijonov, Suhrob Sharipov
88-savol. Hindistonda faoliyat olib boradigan “Mritak sangx” tashkiloti a’zolari bir vaqtning o’zida ham IKS ham IGREK hisoblanadi. Sababi, bu yerda kimningdir yerini o’zlashtirish uchun yer egasi haqida soxta hujjat tayyorlash odat tusiga kirgan.
Diqqat savol: 1935-yilda yozilgan maqolaga ko’ra, ham IKS ham IGREK bo’la oladigan jonzotni yozib bering.
Javob. Mushuk. Qabul: Shryodinger mushugi.
Izoh: “Mritak sangx” – “O’lgan odamlar” tashkiloti bo’lib, u korruptsionerlar tomonidan sohta hujjat orqali o’lgan deb e’lon qilingan yer egalarining huquqlarini himoya qiladi. Tashkilot a’zolari yuridik jihatdan marhum hisoblansa-da, aslida tirik bo’ladi. 1935-yilda olim Ervin Shryodinger kvant fizikasi haqidagi maqolada radiaktiv yadro joylangan qutiga solingan mushukning bir vaqtning o’zida ham tirik ham o’lik holatda bo’lishi haqida yozilgan.
Muallif: Bobur Maksimov 89-savol. Professor Barno Sanoqulova o’z intervyusida, astoydil ilm olishni xohlagan va o’z oldiga katta maqsadlar qo’ygan inson, boshqalarning fikriga quloq solmasligi kerakligini ta’kidlar ekan, mashhur masaldagi SHUNDAY IKS ni misol keltiradi. Shimoliy Amerikadagi ayrim hududlarda yashovchi IKS larda bir parametr 119 bo’lib, odamni SHUNDAY qila oladi.