Estetika nazariyasi



Yüklə 88,16 Kb.
səhifə16/43
tarix29.03.2023
ölçüsü88,16 Kb.
#91022
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43
4-Mavzu (1)

Insoflilik. Aflotun haqida gap borganida, uning adolatni davlatga xos fazilat, degan fikrini keltirib o‘tgan edik. Darhaqiqat, adolat mohiyatan davlatning fuqaroga, jamiyatning shaxsga nisbatan munosabati tarzida namoyon bo‘ladi. Bordi–yu, o‘zaro adolatli munosabatlar haqida gap ketsa, unda odatda yuksak martabadagi tarixiy shaxsning quyi martabadagi shaxsga munosabati nazarda tutiladi. Insof esa ana shu adolatning tor qamrovli xususiy ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘ladi. U fuqarolar, jamiyat a’zolari orasidagi o‘zaro munosabatlar me’yoridir.
Insoflilik ham halollik kabi vijdon tushunchasi bilan bog‘liq, ma’lum ma’noda halollikka o‘xshab ketadi. Lekin bu yuzaki taassurot. CHunki halollik o‘z haqi va haqqini, ya’ni moddiy va ma’naviy huquqini o‘zgalarning haqi va haqqiga xiyonat qilmagan holda ajratib yashashni anglatadi. Insoflilik esa ijobiylikda halollikdan ham bir qadam olg‘a tashlangan holatdir: unda kishi o‘z halol haqi va haqqidan o‘zganing hisobiga kechadi; «o‘zga»ning sharoiti o‘zinikidan nihoyatda og‘ir va yomon ekanini hisobga olib, o‘z qonuniy haqi va haqqini yoki ularning bir qismini ixtiyoriy ravishda o‘zgaga beradi, muruvvat ko‘rsatadi.
Misol tariqasida O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining bir xatti–harakatini olib ko‘raylik: u xorijda nashr etilgan kitoblaridan biri uchun 30.000 AQSH dollari miqdorida berilgan qalam haqini to‘laligicha mehribonlik uyiga o‘tkazdi. Vaholanki, mazkur qalam haqi uning halol aqliy mehnati tufayli ishlab topilgan mablag‘, unga hech kimning da’vo qilishga haqqi yo‘q. Lekin u, o‘zi va oilasining ijtimoiy–iqtisodiy ahvoli shu 30.000 dollarsiz ham risoladagidek bo‘lishi mumkinligini, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari va tarbiyachilarining sharoiti esa bu darajada emasligini hisobga olib, muruvvat ko‘rsatdi: o‘zi yoki avlodi uchun halol jamg‘arma tarzida olib qo‘yishi mumkin bo‘lgan mablag‘dan, insoflilik ko‘rsatib, ixtiyoriy tarzda kechdi.
Xushfe’llilik, shirinsuxanlilik, kamtarinlik, bosiqlik singari axloqiy xatti–harakatlar me’yoriylik nuqtai nazaridan g‘oyat muhim. CHunki har bir jamiyat darajasi ma’lum ma’noda undagi fuqarolar muomala madaniyatining yuksakligi bilan ham belgilanadi. Zero, xushfe’l, shirinsuxan inson o‘zining har bir muvaffaqiyatsizligiga fojea sifatida qaramaydi, alam yoki g‘azab bilan yomon kayfiyatini boshqalarga o‘tkazishga intilmaydi; atrofdagi axloqiy muhitni buzmaydi. Natijada o‘ziga ham, o‘zgalarga ham ko‘tarinki kayfiyat, turli–tuman omadsizliklarning o‘tkinchiligini anglatuvchi hayotbaxsh bir umid bag‘ishlaydi. Jamiyat doimo o‘shanday odamlarni hurmat qiladi va ulardan o‘rnak olishga intiladi.
Xushfe’llilik, shirinsuxanlilik qay darajadadir ko‘proq ixtiyor bilan, kishining ma’lum bir insoniy tabiatga intilishi bilan bog‘liq bo‘lsa, bosiqlik, kamtarinlik, kamsuqumlik aksincha, ko‘proq iroda kuchi natijasida yuzaga keladi. Zotan insonning o‘z g‘azabini bosa bilishi, noroziligini barvaqt bildirmasligi; so‘zlagisi, biror–bir gap bilan o‘zini ko‘rsatgisi kelib qolganda o‘sha xohish–ixtiyorni to‘xtata olishi kuchli irodani talab qiladi. SHu bois muomalada bosiq, kamtarin, «etti o‘lchab bir kesish» tamoyili asosida ish ko‘rgan shaxslar oqil odamlar sanaladi va ular jamiyatda ham namunaviylik maqomiga noil bo‘ladilar.
Ayni paytda ba’zi bir odamlar guruhi uchun me’yorga aylanib qolgan illatlar ham borki, ular haqida to‘xtalib o‘tmaslikning iloji yo‘q. Ular ichidan eng keng yoyilgan, ma’lum ma’noda yuqumli ma’naviy kasallikka aylanib borayotgan ikkitasini – xudbinlik va shuhratparastlikni ko‘rib chiqaylik.

Yüklə 88,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin