Estetika nazariyasi



Yüklə 88,16 Kb.
səhifə14/43
tarix29.03.2023
ölçüsü88,16 Kb.
#91022
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43
4-Mavzu (1)

Axloqiy me’yorlar
Inson hayotida axloqiy me’yorlar ham katta ahamiyatga ega. Ular tamoyillarga nisbatan ancha sodda, umumlashmagan, tor qamrovli. Ularni kundalik hayotimizda muayyan axloqiy fazilatlarni aks ettirgan tushunchalar va tamoyillarning amalga oshish murvatlari ham deyish mumkin, ular axloqiy talablarning eng oddiy, lekin keng tarqalgan shakli sifatida ro‘yobga chiqadi. Halollik, rostgo‘ylik, hayolilik, insoflilik, xushmuomalalik, boodoblik, kamtarlik singari me’yorlar ayniqsa diqqatga sazovor.
Halollik. Halollik vijdon, adolat va burch kabi axloqshunoslik mezoniy tushunchalari bilan bog‘liq, insoning o‘zgaga munosabati o‘ziga munosabatidek sof, pokiza bo‘lishini talab qilidigan axloqiy me’yordir. Dastavval u diniy tushuncha sifatida vujudga kelib, har bir musulmonning emak–ichmagi, jinsiy va iqtisodiy xatti–harakatlari sifatini belgilab beruvchi shar’iy me’yor bo‘lib amal qilgan, uning ziddi – harom diniy nuqtai nazardan salbiy hisoblangan xatti–harakatlarga nisbatan qo‘llanilgan. M., bismil qilingan hayvon yo parranda go‘shti – halol, o‘laksa go‘shti – harom, nikohdagi jinsiy aloqa – halol, zino – harom, mehnat haqi – halol, o‘g‘rilik bilan topilgan mol – harom v.h.
Ko‘rib o‘tganimizdek, har bir diniy e’tiqodning asosida axloqiylik yotadi va u ko‘p hollarda ibodatdan baland qo‘yilgan: solih bandalar, «Qur’on»da aytilganidek, eng avvalo go‘zal axloq egalaridir. Shu boisdan keyinchalik halollik nisbatan tor shar’iy qobiqdan chiqib, asta–sekinlik bilan shaxs hayotidagi eng qamrovli axloqiy me’yorga aylandi, teran ma’naviylik kasb etgani holda, kundalik hayotdagi insoniylikni belgilaydigan umuminsoniy fazilat bo‘lib qoldi. M., hozirgi kunda ixtisoslashgan mehnat taqsimotining takomillashuvi, ilm–fan taraqqiyotining yuksalishi natijasida biz kasbiy halollik, ilmiy halollik, iqtisodiy halollik v.b. haqida gapirishimiz mumkin.
Insoniyat jamiyatida haromlik yoxud nopoklikning halollikka nisbatan kam uchramasligi doimo axloqshunoslarni tashvishga solib kelgan. Chunonchi, imom G‘azzoliyning harom eyish haqida to‘xtalib, mana bunday deyishi bejiz emas:
«…Xohi zulm bilan olingan bo‘lsin (kuch ishlatib, xoinona undirish va bosqinchilik–o‘g‘rilik yo‘llari bilan olish); xoh zavq va o‘yin yo‘li bilan olinsin (qimor va shunga o‘xshash narsalar bilan bo‘lganiday); xoh hiyla va nayrang yo‘llari bilan olinsin (tovlamachilik va aldamchilik, tarozidan urish kabi); o‘z moli va boyligini harom ishlarga (ichkilikbozlik, qimor, fohishabozlik) xarjlashi – hammasi harom eyishga kiradi»11.
Afsuski, G‘azzoliy sanab o‘tgan holatlarni atrofimizda ko‘p ko‘ramiz. Chunki nopok yo‘l tutish oson, lekin halollikka erishish qiyin. Buning sababi shundaki. halollikning mavjudligi fidoyilik axloqiy tamoyili va rostgo‘ylik axloqiy me’yori bilan shartlanadi; doimo halollik qilish yoki halol yashashi uchun kishi albatta nimalardandir kechishi, kimlargadir qarshi borishi, faqat rost gapirishi, so‘z bilan ish birligiga erishishi kerak. SHu bois halol inson jamoatchilik o‘rtasida obro‘ga ega, hurmatga sazovor bo‘ladi. Qaysi jamiyatda halol fuqarolar ko‘paysa, o‘sha erda baxt va farovonlik hukm suradi.

Yüklə 88,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin