Estetika nazariyasi



Yüklə 88,16 Kb.
səhifə43/43
tarix29.03.2023
ölçüsü88,16 Kb.
#91022
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
4-Mavzu (1)

TELEVIDENIE. Agar estrada «san’atdagi jurnalistika» bo’lsa, televidenieni «jurnalistikadagi san’at» deyishimiz mumkin. Hozir uni faqat ommaviy axborot vositasi va san’at targ’ibotini texnikaning eng yangi yutuqlari asosida amalga oshiruvchi zamonaviy omil sifatida olib qarash uni kamsatishdan boshqa narsa emas. To’g’ri, telejurnalistika mavjud va uni inkor etish aqlga to’g’ri kelmaydi. Lekin ayni paytda ana shu real hayot real voqealar va real odamlar ishtirokidagi «jurnalistik» syujetlarning san’at darajasiga ko’tarilganini, ularning estetik ahamiyat kasb etganini yaqqol ko’ramiz. M., Farhod Bobojonning «Bir o’lkaki...» turkumidagi ko’rsatuvlarini olaylik. Ularni oddiy jurnalistik televizon reportaj deyish mumkinmi?! Bu ko’rsatuvlarning deyarli har biri o’ziga xos film, shunday filmki, oldiga oddiy «hujjatli» degan sifatlashni qo’yish nohaqlik. Ularda real haqiqat telekamera orqali badiiy haqiqatga aylangani, real odamlar badiiy qiyofalar darajasiga ko’tarilganini, ko’rsatuvni olib boruvchining o’zi qahramonlardan biri bo’lib xotiramizda qolishi bilan ajralib turadi. Teleko’rsatuv muallifi, telerejissyor, tasvirchi mahorati hamda harakatdagi kamera imkoniyatlari televidenieni san’at, ta’bir joyiz bo’lsa, «hujjatli san’at» sifatidagi o’rnini belgilab beradi.
Albatta, bu – televidenie faqat hujjatlilikka tayanadi degan gap emas. Uning imkoniyatlari (agar bu san’at kelajagini ham inobatga olsak) tasavvur qilib bo’lmaydigan darajada keng. Zero televidenie oilaviy va individual estetik idrok etiladigan san’at turi, u bizning uydagi kinoteatirimiz, uydagi Sirkimiz, uydagi teatrimiz v.h. Ayniqsa, uning kinodasturlari alohida ahamiyatga ega M., davomli teleseriallarni, deylik, uch oy yoki yil mobaynida qaysi kinoteatrda ko’rishimiz mumkin? Kinoteatrlarda bunday imkoniyat yo’q. Bundan tashqari telekamera hamma erda - quruqlikda ham, suv ostida ham, osmonda ham ishlay oladi, qo’limiz, oyog’imiz, nigohimiz etmaydigan joylardan badiiylik darajasiga ko’tarilgan reallikni. bizga etkazib beradi. Biroq, buning uchun eshittirish muallifi yoki yolg’iz teletasvirchi, Yu.Borev aytganidek, ham aktyor, ham jurnalist, ham rejissyorlik bo’lib ishlash xususiyatlarini o’zida mujassamlashtirishi, bir so’z bilan aytganda, katta iste’dod va bilimga. hozirjavoblik va o’tkir nigohga ega bo’lishi lozim.20



1 Стоун И. Произхождение. Роман – биография Чарлза Дарвина. М., Политиздат. 1983. С. 273.

2 Qarang: A'zamov A. Fan va din: odamzodning paydo bo'lishi. Tafakkur» jurnali, 1999, 4-son, 32-b.

3 Karimov I.A. Donishmand halqimizning mustahkam irodasiga ishonaman. «Fidokor» gazetasi, 2000, 8 iyun.

4 Фромм Э. Человек для себя. Минск, «Харвест», 2004. С. 18.

5 Аль – Фараби. Социально-этические трактаты. Алма – Ата, «Наука», 1973. С. 3.

6 Достоевский Ф.М. Собрание сочинений в 15 т. Т. 9, ч. И – ИИИ. А., «Наука», 1991. С. 394.

7 Думбадзе Н. Ҳелладос. Низом Комил таржимаси. «Тафаккур» журнали, 1995, 3 – 4-сонлар.

8 Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик, 13–т. Т., «Фан», 1988, 201-б.

9 Баркамол авлод орзуси. Т., «Шарқ», 1999, 38-б.

10 Баркамол авлод орзуси. Т., «Шарқ», 1999, 38-б.

11 Ғаззолий Абу Ҳомид. Мукошафат ул-қулуб. Т., «Адолат», 2002, 336-б.

12 Авлоний А. Ўсон миллат. Т., «Шарқ», 1993, 98-б.

13 Nazarov Q. Qadriyatlar falsafasi (Aksiologiya). -T.: O‘FMJ. 122004.-B.109

14 Bayron. Don Juan. M., Foreign language publishing house, 1984. P. 124.

15 Шиммел А. Жоним менинг жонимда, 44 – 45-б.

16 Гегель Г. Эстетика. М., Искусство, 1968. С. 7.

17 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Икки томли, I том, М., Русский язык, 1981. 497 – 498-б.

Қаранг: Аристотель. Сочинения в 4-х т., Т-1, М., Мысль, С. 326.

18 Shillеr F. Sоbr. sоch. T. 6. S. 331.

19 Қarang: Ўsha manba, 129-b.

20 Қarang: Bоrеv Yu. Estеtika. M., 2003. S. 305.

Yüklə 88,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin