Estetika nazariyasi



Yüklə 88,16 Kb.
səhifə39/43
tarix29.03.2023
ölçüsü88,16 Kb.
#91022
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
4-Mavzu (1)

DRAMA (yunonchada-harakat degani) sahnada ijro etishga mo’ljallangan, matni qatnashuvchilarning dialog va monologlari asosiga qurilgan, voqelikdagi hayotiy qarama-qarshiliklarni zididiyat holati (konflikt) orqali ifodalaydigan, san’atning nisbatan «sof» adabiy xili. Dramada lirikadagi sub’ektivlashish hodisasi yo’q, eposdagi voqeanavislikni ham uchratmaymiz: hamma narsani ishtirok etuvchilarning xatti-harakatlari va nutqlari hal qiladi. Shuningdek, unda eposdagi «og’ir karvonlikni», lirikadagi «oniy kayfiyatni» ham ko’rmaymiz: qahramonlar taqdiri dinamik tarzda rivojlanib boradigan fojeaviy azob-uqubatlar, og’ir ko’rgiliklar yoki tanqidiy kulgi vositasidagi echim bilan nihoya topadi.
San’at o’ziga xos yaxlitlikka ega ekanini ko’rib o’tgan edik. Shu jihatdan olganda, uning bu uch xilini juda qat’iy chegaralab, ajratib tashlash mumkin emas: ular muayyan yaxlitlikning uch qismi sifatida harakat qiladi, bir-biri bilan dialektik aloqada voqe bo’ladi. Eposda lirika va drama unsurlarini, lirikada epik va dramatik holatlarni, dramada – lirizmni ko’p uchratamiz. Chunonchi, «liro-epik doston», «lirik drama», «dramatik doston», «she’riy darama», singari janriy ko’rinishlar, epik asarlardagi lirik chekinishlar – ularning o’zaro aloqadorlignini ta’kidlab turadi.
ARXAIK SAN’AT TURLARI.
Arxaik turga qaysi san’at turlari kirishi sizga ma’lum. Shu bois to’g’ridan-to’g’ri ular, imkon doiramizdan kelib chiqqan holda, qisqacha to’xtalib o’tamiz.
BADIHAGO’YLIK. Bu san’at turi asosan lirik yoki didaktik she’rlarni o’z ichiga oladi. Badihago’ylarni ba’zan maddohlar deb ham atashgan. U asosan Sharqda vujudga kelgan va taraqqiy topgan. Badihago’ylik – og’zaki ijod qiluvchi san’atkor. Uning baxshidan farqi o’z mavzuiga ega ekanligi, she’rlarning jamoaviy, xalq og’zaki ijodi variantlari yoki versiyalari emas, balki mustaqil asar sifatida idrok etish bilan bog’liq. Badihaqigo’y buyurtmaga binoan ko’pincha bozorlarda, ba’zan saroylarda she’r o’qigan, goho she’rni musiqiy asbob jo’rligida ijro etgan. Badihaning bahosi uning qay darajada originalligi, tashbehlarning quyuqligi, buyurtma egasining qalbida etib borishi, ya’ni ta’sirchanligi kabi xususiyatlariga qarab belgilangan. Idrok etuvchi (buyurtmachi) ba’zi misralar yoqmasa, uni badihago’ydan o’zgartirishni talab qilgan va uning talabi albatta bajarilishi kerak bo’lgan.. Badihago’ylik faqat musulmon Sharqida emas, balki budhaviylik mintaqasida ham qadimdan keng yoyilgan. U nafis, inja bir san’at turi tarzida zadogonlar oilasida katta e’tibor qozongan, yuqori baholangan. Shu sababli badihago’ylik iste’dodiga ega bo’lgan a’yonlar Xitoy hoqonlari saroyida g’oyatda qadrlanganlar. Biroq yozma adabiyotning keng yoyishdagi natijasida badihago’ylik mustaqil san’at turi sifatidagi mavqeini asta-sekin yo’qota bordi, keyinchalik baxshilik san’ati bilan singishib ketdi. Afsuski, u jamoaviy ijod emas, balki individual og’zaki ijod bo’lgani uchun uning namunalari saqlanib qolmagan, faqat tarixiy va falsafiy-tasavvufiy asarlarda uchratishimiz mumkin.
XATTOTLIK. Yozma adabiyotning keng yoyilishi bir tomondan, badihago’ylik ravnaqiga chek qo’ygan bo’lsa, ikkinchi tomondan yangi san’at turi xattotlikning vujudga keltirdi. Xattotlik Xitoy, Yaponiya, Suriya va musulmon mintaqasida va Ovro’pada keng yoyildi, dastlab unga qimmatbaho kitoblarni chiroyli yozuv bilan ko’chirib ko’paytirish xunari sifatida qaralgan. Keyinchalik u mustaqil san’at turiga aylandi. Xattotlik quroli sifatida musulmon Sharqida qamish qalam, Budha Sharqida mo’yqalam, Ovro’pada –patqalam qo’llanilgan. Xattotlikda harf yoki ieroglif ham aniq, ham chiroyli yozilishi bilan go’zallikni namoyon etadi. Har bir xattot san’atkor sifatida o’z yozish uslubiga ega bo’lgan. Bizning mintaqamizda ushbu san’at tufayli arab yozuvining turli xil go’zallashgan ko’rinishi vujudga keldi. Nasta’liq, nasx, suls, kufiy, rayxoniy va b. shular jumlasidandir.

Yüklə 88,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin