Estetika nazariyasi



Yüklə 88,16 Kb.
səhifə36/43
tarix29.03.2023
ölçüsü88,16 Kb.
#91022
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   43
4-Mavzu (1)

SAN’AT VA FALSAFA. Falsafa bilan san’at mohiyat nuqtai nazaridan bir-biriga o’xshash. Avvalo buni ularning tadqiq usulida ko’rish mumkin. Falsafa voqelikning faqat bir qisminigina ajratib o’rganadigan fandan farqli o’laroq, u olamni yaxlitligicha olib tekshiradi. San’at ham xuddi shunday: olam yaxlitligini badiiy qiyofa yaxlitligida ifodalaydi, voqelikni butunisicha badiiy tadqiq etadi. Xullas, har ikkisining ildizi asotirlarga – miflarga borib taqaladi: dastlab dunyoning yaxlit manzarasini ko’rish uchun “tasavvur o’yini”dan foydalangan qadimgi odam, asta-sekin bu yaxlitlikni “tafakkur o’yini” vositasida mushohada qilishga o’tgani shubha tug’dirmaydi deb o’ylaymiz. Shunday qilib, falsafada nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo’lgan bilish san’atda o’zining eng mukammal va universal shaklini topadi.
SAN’AT VA AXLOQ. Bu ikki ma’naviy hodisa shu qadar mustahkam aloqadaki, biri ikkinchisining ishtirokisiz to’laqonli mavjud bo’lolmaydi. Har ikkalasini ham insonshunoslik deb atash mumkin, faqat ular anatomiya kabi odam a’zolarini emas, inson axloqiy-estetik-ruhiy muruvatlarini, ya’ni uning ezgulik va go’zallikka, yovuzlik va xunuklikka munosabatini aks ettiradi, o’rganadi. shu sababli axloqdan tashqarida san’atning mavjudligi mumkin emas, ayni paytda san’astiz axloq targ’ibotdan mahrum bo’lib qoladi va faollik xususiyatini yo’qotadi. Zero san’atning azaliy va abadiy bosh mavzusi ezgulik bilan yovuzlik o’rtasidagi kurashdir, boshqa barcha insoniy muammolarning o’rtaga tashlanishi va hal etilishi badiiy asarda ana shu mavzuning ochib berilishi uchun yordamchi vazifasini o’taydi.
SAN’AT VA DIN. Biz umumjahoniy dinlarning vujudga kelishi va ularning san’at bilan aloqadorligini kitobning tarixiy qismida ko’rib o’tgan edik. Yana qo’shimcha qilib, shuni aytish mumkinki, san’at, avvalo, axloqiylikni targ’ib etish nuqtai nazaridan din bilan bog’liq. Buni barcha umumjahoniy dinlar uchun so’ng maqsad – yuksak axloq egasi bo’lmish komil insonni, solih bandani tarbiyalash ekanida ko’rsa bo’ladi. Zero juda ko’p diniy tushunchalar axloqiy ma’noga, axloqiy tushunchalar esa diniy ma’noga ega. M., imon, diyonat, halollik, poklik, muhabbat, vijdon kabi tushunchalar har ikki ma’naviy hodisaga ham tegishlidir. Ayni paytda din ezgulik, muruvvat, shafqat, jo’mardlik, rostgo’ylik, vatanparvarlik kabi axloqiy fazilatlarni targ’ib qiladi va qotillik, o’g’rilik, poraxo’rlik, xiyonat, yolg’onchilik singari illatlarni taqiqlaydi. Bularning hammasi asarda o’z ifodasini topar ekan, bir varakay uch yoqlama – din, axloq va san’at aloqadorligi vujudga keladi.
SAN’AT VA FAN. Insoniyat madaniyat tarixida san’at va fan kabi bir-biriga yaqin ma’naviy hodisa kam uchraydi. Ularning har ikkisi ham bir vazifani bajaradi, voqelikni in’ikos ettiradi. Faqat san’at buni – muayyan fan-mavhum tarzda amalga oshiradi. Ya’ni san’at voqelikdagi umumiylikni xususiylashtirish, fan esa xususiylikni umumlashtirish – mavhumlashtirish orqali ish ko’radi. Shu sababli san’atda badiiy qiyofalar, fanda tushunchalar muhim o’rin egallaydi. M., axloqshunoslik fanidagi muhabbat tushunchasini olib ko’raylik. U bizga insonlar o’rtasidagi, ma’naviy-ruhiy tuyg’uni, «men» va «sen»ning bir-biriga o’tib ketar darajadagi yaqinligini anglatadi, tushuntiradi, u orqali barcha asrlar va barcha odamlarga taaluqli muhabbat haqida umumiy, mavhum, tushunchaga ega bo’lamiz. «Mehrobdan chayon» romanida Abdulla Qodiriy tasvirlagan Anvar va Ra’no o’trasidagi muhabbat esa muayyan, xususiy muhabbat. U boshqalarning, Romeo va Julettaning, Otabek va Kumushning, muhabbatiga o’xshamaydi, lekin ayni paytda biz undan muhabbat qanday bo’lishi mumkunligini bilib olamiz. Bu o’rinda bizga fan ham, san’at ham bilim berayotir: faqat fan – tushuntirish orqali (umuman), san’at tasvirlash vositasida (xususan). Demak, fan tufayli muhabbat nima ekanini, san’at orqali uning qanday ekanini bilamiz: fan – tushuntiradi, san’at – ko’rsatadi; fanda muhabbat – tushuncha, san’atda esa qadriyatlardir.

Yüklə 88,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin