SAN’ATNING ASOSIY XUSUSIYATLARI TAMOYILLARI VA VAZIFALARI O’yinning rang-barang hususiyatlari bo’lganidek, san’atda ham turi hususiyatlar mavjud. Ular juda ko’p, biz faqat asosiylarinigina keltirib o’tamiz. San’atning birinchi o’ziga xos xususiyati, bu – uning (originalligi). San’atning yana birinchi o’ziga xos xususiyati – majoziylik. Boshqacha qilib aytganda, narsa-hodisalar yoki so’z-iboralarining ko’chma ma’nolarda, ko’p ma’noli tarzda qo’llanilishi san’atning san’atligini belgilab beradi. Majoziylik, keng ma’noda olganda, badiiy qiyofa yaratish, umumlashtirish, ramziylik, o’xshatish, sifatlash, jonlantirish, istiora, kinoya singari badiiy vosita va usullarni o’z ichiga oladi. M., daryo. U aslida biologik hodisa sifatida bitta narsani anglatadi: manbaidan to quyilish joyigacha doimiy oqib turadigan katta suv. san’atda esa u – inson umri, hayot beruvchi manba, insonning kengligi v.h. Badiiy asarda u pishqiradi, o’ynoqlaydi, yuguradi, hikoya so’ylab beradi, ertak aytib beradi v.b. sifatlar bilan jonlanadi, odamiylashtiriladi. Majoziylik hususiyati, xullas, san’atning yashash shartlaridan biri, u yo’q joyda – san’at ham yo’q.
San’atinng demokratik xususiyati ham uning yashash shartlaridan biri. Bu xususiyat eng avvalo erkinlik bilan bog’liq. Ijodkor fikr erkinligi, so’z erkinligi, g’oya erkinligi, mavzu erkinligi, uslub erkinligi, rang erkinligi v.b. ijodiy erkinliklar tizimiga ega bo’lsagina, ulardan o’z o’rnida foydalana olsagina, uning asarini san’at namunasi deb atash mumkin. Ijodkorga, siyosiy-mafkuraviy zo’ravonlik qilish, uni majburlash, qo’rqitish orqali ta’sir ko’rsatish kabi hodisalar san’at uchun o’lim demakdir. Faqat ijod emas, badiiy asarni estetik idrok etish jarayoni ham erkin bo’lishi kerak, bunda ham majburiylik, zo’ravonlik mumkin emas. Zero, har qanday san’at asari erkin xohish-ixtiyor bilan idrok etilgandagina, u yashab qolish imkoniga ega bo’ladi. Bu masalaning bir tomoni,ikkinchi tomoni - san’atni yaratuvchilar orasidagi demokratiya bilan bog’liq.
Shunday qilib, san’atning ichki estetik jihatlari bilan tanishdik. Endi uning tashqarida, o’ziga o’xshash ma’naviy hodisalar o’rtasidagi mavqeiga qisqacha to’xtalib o’tamiz.