Estetika nazariyasi



Yüklə 88,16 Kb.
səhifə30/43
tarix29.03.2023
ölçüsü88,16 Kb.
#91022
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43
4-Mavzu (1)

Tabiatdagi ulug‘vorlik cheksiz osmon, purviqor tog‘lar, yuksak cho‘qqilar, moviy dengizlar, ming yillik chinorlar, shuningdek, vulqon va chaqmoq singari tabiat hodisalarida namoyon bo‘ladi. Ular uzoqdan kishilarda hech qanday hayajonli taassurot qoldirmaydi. Biroq, ularga yaqinlashganimiz sari ruhiyatimizni hayajon, jo‘shqinlik egallay boshlaydi, ularni butunligicha ko‘z bilan qamrab ololmaslik darajsiga etganda esa bu hayajon yanada ortadi. Tabiatdagi ulug‘vorlik matematik va dinamik xususiyatga ega. Matematik xususiyatida xajm, dinamik xususiyatida kuch ustuvor ahamiyatga kasb etadi. Biroq, ikkala xususiyat ham insonda kuchli hayrat va hayratlanish tuyg‘ularini paydo qiladi. Tog‘lar insonni yuksak fikrlashga, buyuk g‘oyalarga undaydi: Everestga O‘zbekiston bayrog‘ini tikib qaytishgan alpinistlarimizning taassurotlari nihoyatda hayajonlidir.
Jamiyatdagi ulug‘vorlik umuminsoniy qadriyatlar, qahramonlik, jasorat, xalqparvarlik, bunyodkorlik tushunchalari bilan uyg‘unlashadi. Davlatda barqarorlik, jamiyatda adolat ustuvorligi, shaxsning erkin va hurfikrlilik asosida faoliyat olib borishi ijtimoiy tizimning ulug‘vorligini aks ettiradi.
Me’morchilikdagi ulug‘vorlik yuksak ahamiyat kasb etadi: Samarqanddagi Registon maydoni, Go‘ri Amir maqbarasi, Imom Buxoriy majmui, Buxorodagi Minorai Kalon, Xivadagi Kalta Minor, Shahrisabzdagi Bibixonim, Oqsaroy, Toshkentdagi Evropa va Osiyo me’morchiligining yangi an’alarini uyg‘unlashtirgan Milliy Bank binosi, Oliy Majlis binosi, Temuriylar tarixi Davlat muzeyi, Misrdagi ehromlar, yunonlarning Parfenoni, rimliklarning Kolizeyi, o‘rta asr gotik bosh cherkovlari shular jumlasidandir. SHuni alohida ta’kidlash joizki, ulug‘vorlik tushunchasiga faqat miqyos, ko‘lam va o‘lchovining kattaligi bilan yondashish uning qamrovini chegaralab qo‘yadi. Bobil minorasi, Minorai Kalon, Misr ehromlari o‘zining keng miqyosliligi bilan kishilarni hayratga solsa, Go‘ri amir, Shohizinda, Ichan qal’a, Registon maydoni, Ismoil Somoniy maqbarasi, Chor Minor, Bolo hovuz machiti insonda yuksak darajada nafosat va go‘zallik tuyg‘ularni shaklantiradi.

Yüklə 88,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin