Estetika nazariyasi



Yüklə 88,16 Kb.
səhifə29/43
tarix29.03.2023
ölçüsü88,16 Kb.
#91022
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   43
4-Mavzu (1)

Chiroylilik - narsalarning tashqi ko‘rinishini, holatini, bajarilgan ish yoki qilingan ha­rakatdagi o‘zaro hamohanglikni ifodalovchi tushuncha. Chi­roylilik insonlarda yoqimli taassurot qoldiradi, ammo ayni bir paytda o‘sha chiroyli bo‘lgan narsa-hodisa yoqimsiz holatlarni ham vujudga keltiradi. Masalan, «Bangidevona» o‘simligining guli oppoq, chiroyli bo‘ladi. Ammo, gulining hidi yoqimsiz, tanasidan sassiq xid chiqadi. Shu ma’noda aytishimiz mumkinki, chiroylilik narsa-hodisaning yoki shakl yoki mazmunidagi xususiyatni aks ettirishi bilan kishida yoqimli taassurot qoldiradi. Shuning uchun ham narsa-hodisalarning faqat shakl (tashqi) yoki faqat mazmun (ichki) mohiyatiga qarab unga go‘zallik iborasini ishlatish o‘rinli emas. Zero, go‘zallik narsa-hodisalarning faqat bir tomoninigina aks ettirmaydi, aksincha u mazmun bilan shaklning uyg‘unligi, mosligi, hamoxangligi, maqsadga muvofiqligi asosida shakllanadi. Shu ma’noda go‘zallik ham obektiv ham subektiv xususiyatga ega. Tabiat go‘zalligi obekt (inson) va subekt (o‘simlik va hayvonot dunyosi)ning tartibi va uyg‘unligiga asoslanadi. Uyg‘unlik va tartibning buzilishi esa tabiat va inson uchun zararli oqibatlarga olib kelishini bugungi kundagi ekologik muammolar orqali ko‘rishimiz mumkin.
ULUG‘VORLIK VA TUBANLIK.
Ingliz nafosatshunosi E.Byork go‘zallikni ulug‘vorlik bilan solishtiradi va ularni bir-biriga qarama-qarshi tushunchalar sifatida tadqiq etadi. I.Kant esa go‘zallik va ulug‘vorlikni uyg‘unlikda rivojlanuvchi tushunchalar deb hisoblaydi. Ushbu mutafakkirlardan farqli o‘laroq, Gegel, ulug‘vorlikni go‘zallikning bir ko‘rinishi, ulug‘vorlik–zohiriy go‘zallikning botiniy go‘zallikka aylanishi, deb tushuntiradi. Ulug‘vorlik - insonning narsa hodisalarga estetik va axloqiy mezonlar bilan yondashishi va ulardan yuksak hayratlanish tuyg‘usini hosil qiluvchi estetik hissiyot majmuidir. Ulug‘vorlikning ko‘lami go‘zallik ko‘lami kabi cheksizdir. Ulug‘vorlik o‘zida hajm, miqdor, ko‘lam va buyuklikni mujassam etadi. Shiller ulug‘vorlik tushunchasini dramatiklashtiradi: u qayg‘u va qo‘rquvni engish insonni qanchalik ulug‘lashi va chiroy baxsh etishini ko‘rsatib beradi. Bu erda u «axloqiy xavfsizlik» tushunchasini kiritadi. Qo‘rquv va dahshatga qarshi borish uchun ham xavfdan xoli bo‘lish lozim. Jismoniy xavfsizlik bevosita shaxsning o‘ziga tegishli bo‘lib, insondagi qatiy ishonch bois xotirjam, xavfsiz. Biroq, dahshatli yo‘qotishlar va mudhish qotilliklar qarshisida insonning xotirjamligi yo‘qoladi. Agar xavf insonning o‘zigagina yaqinlashsa-yu, u o‘zini hotirjam xis qilsa, demakki, uning vijdoni xavfdan xoli; unga hech qanday havf taxdid solmaydi. Shu bois Shiller «axloqiy xavfsizlik»ni din, e’tiqod va abadiylik bilan bog‘laydi. «Axloqiy xavfsizlik»ning zaminiy xususiyatini hayot va o‘lim masalalari bilan izohlash mumkin. Ulug‘vorlik muhokamasi yuksak darajada madaniyatni talab qiladiki, bu muhokama go‘zallik muhokamasidan ustuvorroqdir.

Yüklə 88,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin