Innovative Academy Research Support Center
UIF = 8.2 | SJIF = 6.051 www.in-academy.uz
Volume 3 Issue 2, February 2023 ISSN 2181-2888
Page 131
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE M.Krasnyanskiy ham o‘z uslubi, yo‘nalishiga ega ijodkor bo‘lgan. U hamkasbi
D.Demuskiy bilan qator filmlarda birgalikda ishladi.
M.Kranyanskiy uslubining o‘ziga xosligi tomoshabinga tushunarli, qabul qilishi oson
bo‘lgan tasviriy yechim yaratish, kinematografik usul va texnologiyadan unumli foydalangan
holda badiiy ifoda yo‘llarini namoyon qilishdan iborat bo‘lib, operator milliy xarakter,
turmush tarzi va eng muhimi samimiy ruhiyatni ekranda ifoda etishda mahorat ko‘rsatdi.
Ijodkor san’atidagi o‘ziga xoslikni birgina “Alisher Navoiy” filmi misolida atroflicha ko‘rib
o‘tish mumkin.
Rejissyor Komil Yormatovning “Alisher Navoiy” filmi milliy kinosan’atimizda davr va
shaxs talqinini ifoda etgan o‘ziga xos tarixiy janrni boshlab berdi. Film muvaqqiyatining asosi
nafaqat ekran san’ati va tasvir madaniyati oldinga chiqqanligida, balki kino ijodkorlar
mahorat darajasi o‘sganligida bo‘ldi deyish mumkin. “Alisher Navoiy” filmi dunyo tarixiy
filmlari orasidagi eng yaxshi namunalarning biridir.
Filmda aniq muhitni, real voqealikni to‘laqonli aks ettiruvchi dekoratsiyalar, liboslar,
rekvizitlarni to‘g‘ri va ifodali ko‘rsata olish, qahramonlar obrazini ekranda yaratish, davr
muhitni zamonaviy kinematografiya vositasida paydo qilishda, o‘tmish lavhalarini to‘g‘ri va
haqqoniy ko‘rsatishda operatorning o‘rni beqiyosdir. Film qahramonlarining taxt uchun
ochiqdan ochiq va pinhona kurashlari, turli intrigalar tarixiy faktlar asosiga qurilgan. Buyuk
Alisher Navoiy obrazi adolatparvar, xalqparvar, ziyo tarqatuvchi shoirning qiyofasini
to‘laqonli ochib berishga qaratilgan. Navoiy filmning ba’zi epizodlarida jamiyatning oddiy bir
fuqarosi sifatida gavdalangan, ayrimlarida millati va xalqi haqida qayg‘uradigan jamoat
arbobi, o‘zining adolatli davlat qurish haqidagi yuksak ideallarini tarannum etuvchi faol shaxs
tarzida namoyon bo‘lgan.
M.Krasnyanskiy mahorat cho‘qqisini ko‘rsatuvchi filmlardan yana biri rejissyor
Y.A’zamovning “O‘tgan kunlar” (1968 y.) kartinasidir. Abdulla Qodiriy romani asosida olingan
mazkur filmda Otabek va Kumush sevgisi hamda fojeasi bilan bog‘liq voqealar tafsiloti aks
ettirilgan. Rassom V.Sinichenko yaratgan dekoratsiya va kostyumlarda film syujeti sodir
bo‘layotgan davr muhitining to‘laqonli yaratilishi, epizodlardagi voqealar ruhiyatining plastik
vositalar orqali ochilishi, muhit ko‘rinishi, kostyumlardagi bo‘yoqlar rang-barangligi diqqatga
molik. V.Sinichenko kinematografik fazoni yaratishda rejissyor va operator uchun qulay
bo‘lgan, aktyorlar tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladigan ko‘p planlilik va qulay planirovkalardan
unumli foydalanuvchi rassom sifatida tanilgan bo‘lib, “Uning filmlarida plastik konsepsiya,
plastik va koloristik tuzilishdagi munosabat ko‘zga tashlanadi.”
5
Bundan kelib chiqqan
operator M.Krasnyanskiy dekoratsiyani syujet muhitini belgilab, unga xarakter beruvchi,
makon va zamon munosabatlariga xizmat qiluvchi elementlar sifatida emas, balki filmning
butun mazmuni, uning obraz yechimi bilan bog‘liq bo‘lgan moddiy muhit tarzida qabul qilgan.
Bular operatorning o‘z ishining ustasi sifatida film tasviriy-ifodaviy jihatlarini belgilashi, milliy
koloritni ochish va to‘laqonli tasvirlash, nur va soyalardan obrazli talqin yo‘lida
foydalanishida ko‘rinadi.
Otabek va Kumush uchrashuvi aks etgan dastlabki epizoddayoq ular munosabatidagi
soflik va samimiyatnozik ranglar orqali tasvirlanib,tanlangan manzara tomoshabinda poklik
5
Расулов С.Экран санъатида тасвирий ечим ва унинг асослари. – Т.: ЎзМЭ, 2008. – 119 б.