Eurasian journal of social sciences, philosophy and culture tarixiy filmlarda syujet rivoji va kompozisiya


Innovative Academy Research Support Center  UIF =



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#94481
növüKompozisiya
1   2   3   4   5   6   7   8
EJSSPC0223

 
Innovative Academy Research Support Center 
UIF =
 8.2 | SJIF = 6.051 
www.in-academy.uz
 
Volume 3 Issue 2, February 2023 ISSN 2181-2888 
Page 130 
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, 
PHILOSOPHY AND CULTURE
jalb qiladi. Dastlabki kadrlar shahar ko‘rinishi bilan boshlanadi, so‘ngra gavjum kishilarning 
shahar darvozasiga kirayotganiga o‘tiladi. Mazkur tasvirlar beixtiyor tomoshabinda ishtirok 
effektini tug‘diradiki, bu kompozitsion tasviriy mizanssenani to‘g‘ri tanlanganligini ko‘rsatadi. 
Ana shundan so‘ng Nasriddin Afandining mashhur qo‘shig‘i yangrar ekan, u statik tasvirda 
o‘rta planda shahar darvozasi oldida ko‘rinadi. Operator mahorati orqali kamera bilan 
aktyorning birgalikdagi harakati namoyon bo‘lib, plastik kompozitsion o‘zgarish vujudga 
keladi. 
Mazkur filmda rejissyorning g‘oyaviy maqsadi operator mahorati bilan to‘liq amalga 
oshirilganini kuzatish mumkin. Shu ma’noda Guljon bilan Nasriddining hovuz bo‘yidagi 
uchrashuvi epizodini tahliliy o‘rganish o‘rinli. Epizod umumiy plan bilan boshlanadi. Guljon 
eshikdan chiqib keladi, hovuz bo‘yida Nasriddin bilan uchrashishi lozim. Bu sahnada dastlab 
nigohimiz qizning suvdagi aksiga qaratilib, operator ishi diqqatni tortadi. Guljonnning suvdagi 
aksi aslida real nuqtadan va kamerani 180 gradusga aylantirish orqali olingan bo‘lib, 
tomoshabinga esa tabiiy muhitda, hovuz betida ko‘rinayotgan tasvir sifatida ta’sir qiladi. Bu 
esa operatorning optikaning ikki o‘zgarmas “yorug‘lik sinishiqonuniyatlarini mukammal 
egallaganligini ko‘rsatadi. Filmda voqealarining ketma-ket tasvirga olingan kadrlarida 
dramaturgik tasviriy yechimning ssenariy epizodlariga estetik va kompozitsion jihatdan 
muvofiqlashgani hamda bu jihat operator tomonidan tasviriy yaxlitlikda ko‘rsatilganiga guvoh 
bo‘lamiz. 
“Tohir va Zuhra” filmida rejissyor Nabi G‘aniev bilan ijodiy hamkorlik qilar ekan, 
D.Demuskiyning obrazlar mohiyatini ochishda rakurslar tanlay bilish, dramaturgik tasviriy 
yechim izlash borasidagi yangi qirralari ochiladi. Bular o‘zbek kinooperatorlik jabhasida 
yangilik edi. U tasvirga olgan kadrlarda operatorning suratga tushirish mahorati bilan bir 
qatorda, voqea-hodisalar mohiyatini ochib berishga xizmat qiladigan yorqin, esda qolarli 
detallar yarq etib ko‘zga tashlanardi. Jumladan, “Tohir va Zuhra” filmidagi ko‘plab kadrlar 
katta poeziya, yorug‘lik, tabiatga nisbatan muhabbat bilan to‘ldirilgan. Mazkur film 
tasvirlaridan operatorning tabiiy muhitni o‘rganishi va bunda quyosh harakati, yorug‘likni 
akslanishi, tundagi oy jilvalarini to‘laqonli mahobati bilan his qilish darajasi nihoyatda muhim 
ekanligini sezish mumkin. Bu o‘rinda Tohir va Zuhraning oqshomda bog‘dagi uchrashuv 
sahnasini eslash kifoya. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur epizod kunduz kuni suratga olingan. 
Rejissyor N.G‘aniev va operator D.Demuskiy bu kadrlarda har ikki sevishganlarning ichki 
olami, muhabbatga to‘liq qalbini, nozik his-tuyg‘ularini aks ettira bilganlar. Bular Zuhraning 
chaqnoq ko‘zlaridagi nurni, Tohirning sevgi o‘tida yongan o‘tli nigohini bera olgan yirik 
planlarda ifoda etiladi.
Operator ishq manzarasini yoritishda tabiat ko‘rinishidan majoziy foydalanadi. 
Qahramonlarni peyzaj bag‘riga tashlab, sevishganlar uchun ajoyib muhit yaratar ekan, bunda 
yoritish chiroqlari, nur qaytargichlar operatorga katta imkoniyat berganligini kuzatish 
mumkin. D.Demuskiy yirik plan va kadrlar kompozitsiyasi orqali dramatik ta’sirchanlikka 
erishish borasida muvaffaqiyatlarga erishgan. Ushbu epizodda tabiat go‘yo ekranda qaytadan 
jonlanadi, u kayfiyatning sezilar-sezilmas o‘zgarishiga ham o‘z rang-barangligini baxshida 
etadi — goh qahramonlarga achinadi, goh ularning baxtini ko‘rib ma’sumona kulimsiraydi, 
goh qahramonlarning dushmanlariga nafrat bilan qaraydi. 



Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin