Innovative Academy Research Support Center
UIF =
8.2 | SJIF = 6.051
www.in-academy.uz
Volume 3 Issue 2, February 2023 ISSN 2181-2888
Page 129
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES,
PHILOSOPHY AND CULTURE
Tarixiy filmlarni suratga olishda operator
avvalo muayyan uslubni, aniq bir
kompozitsion, yorug‘lik va rang, qolaversa, tasvirga olish uslubini ham tanlab oladi. Albatta,
bu ishni u film rejissyori va rassomi bilan hamkorlik va hamfikrlikda bajaradi. Tanlab olingan
uslub filmning barcha komponentlarining uslubi va yo‘nalishini, hattoki montaj yo‘nalishi,
aktyorlar ijrosining qanday bo‘lishiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi.
4
Operator hozirgina suratga olgan lavha oldingi yoki keyingi lavhalarning bir qismigina
ekanligini yaxshi biladi. Bu lavhalar montajda jamlanib, yaxlit epizodni tashkil etadi. Epizodlar
esa behisob. Operator yanglishib ketmaslik va uslubning bir xilligini,
suratga olishda
yakdillikni saqlash uchun filmni oldindan to‘laligicha “ko‘rishi” kerak. Bu albatta, operatorning
yuksak kasbiy mahoratiga bog‘liq. Nafaqat kinematografiya ilmi, balki o‘z kasbining nozik
texnik tomonlarini chuqur bilgan operator suratga olgan film ma’nodor
va ifodali chiqishi
shubhasizdir.
Mamlakatimizga kinooperatorlik sohasining kirib kelishi va shakllanishi ko‘plab
ijodkorlar faoliyati bilan bog‘liq. O‘tgan asrning yigirmanchi yillari oxirida kirib kelgan
operatorlik sohasi san’at darajasiga ko‘tarilguniga qadar murakkab yo‘lni bosib o‘tdi. Uning
taraqqiyot yo‘li avval ta’kidlanganidek, to‘rt bosqichdan iborat bo‘ldi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida mamlakatimizga evakuatsiya qilingan ko‘plab rus, ukrain,
belorus
ijodkorlarning faoliyati, sohaning sir-asrorlarini o‘rgatishdagi amaliy yordami o‘z
ahamiyatini ko‘rsatdi. Ana shunday mahoratli kinooperatorlardan biri, ko‘plab o‘zbek
ijodkorlariga sohaning yetakchi jihatlarini o‘rgatgan yirik san’atkor D.Demuskiy edi.
D.Demuskiy 1928 yil “Arsenal” (rej.A.Dovjenko), 1930 yil “Zemlya” (rej.A.Dovjenko),
1931 yil “Fata morgana” (rej.B.Tyagno), 1932 yil “Ivan” (rej.A.Dovjenko) kabi qator filmlarda
kinooperator sifatida o‘z iqtidorini ko‘rsatgan edi. Uning O‘zbekistonda suratga olgan
“Nasriddin Buxoroda” (rej.Ya.Protazanov, 1943y.), “Tohir va Zuhra” (rej.N.G‘aniev, 1945y.),
“Nasriddinning sarguzashtlari” (rej.N.G‘aniev, 1946y.) kabi durdona filmlari o‘ziga xos
mahorat namunalari bo‘ldi.
Badiiy kinoda D.Demuskiy poetik, obrazli kinematograf asoschilaridan biri sanaladi.
Uning filmlarida tasvir yaratishda yorug‘lik gammalari va
optikadan mohirona foydalanish,
turli usul va vositalar qo‘llash san’ati, borliqni ko‘rish va olamni idrok etishdagi yuksak
qobiliyati keng namoyon bo‘ladi. D.Demuskiy mamlakatimizda suratga olgan kino
durdonalarida kinooperatorlikning eng zarur xususiyatlari ya’ni
yoritish, yirik va orqa plan,
personajlar mimikasi, kechinmalar ifodasi kabi sohaning nozik jihatlari o‘z aksini topgan.
Rejissyor Ya.Protazanovning “Nasriddin Buxoroda” filmini suratga olishda D.Demuskiy
rassom V.Yeremyan bilan ijodiy hamkorlik qildi. Mazkur filmda D.Demuskiy ilk bor Sharq
folklori mavzusi bilan to‘qnashadi. Ushbu ilk uchrashuv ssenarist V.Vitkovich,
rejissyor
N.G‘anievlar qatori operator D.Demuskiy va rassom V.Yeremyanlar ijodiy faoliyatining keyingi
rivojida muhim o‘rin tutdi. Ssenariy va film markazida o‘zbek xalq og‘zaki ijodida milliy
qahramonga aylangan Nasriddin Afandi sarguzashtlarini yoritish turadi. Filmning o‘zbek
xalqiga xos milliy etnografik va folklor namunasini ifoda etgan koloriti bir qarashdayoq o‘ziga
4
KHATAM FAYZIEV-A BRIGHT REPRESENTATIVE OF THE UZBEK CINEMATOGRAPHY SCHOOL
I Melikuziev
Eurasian Journal of Academic Research 3 (1), 96-108