Innovative Academy Research
Support Center
UIF =
8.2 | SJIF = 6.051
www.in-academy.uz
Volume 3 Issue 2, February 2023 ISSN 2181-2888
Page 128
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES,
PHILOSOPHY AND CULTURE
degan yanglish tushuncha bor. Ko‘pchilik kishilarning bunday mulohazalari nafaqat
tomoshabinlarning estetik didini muttasil o‘sib borishiga, ma’lum
darajada kinematografiya
sohasining ham rivojlanishiga sezilarli darajada salbiy ta’sirini ko‘rsatishi muqarrardir.
Tasviriy yechim.Tarixiy janrdagi badiiy filmlar zamonaviy mavzuda yaratilgan
filmlardan albatta farq qiladi. Zamonaviy va badiiy filmlarni o‘zaro birlashtirib turuvchi
yagona narsa bu filmlarda ko‘tarilgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar bo‘lishi mumkin.
Boshqa jabhalarda ular ko‘p jihatdan farq qiladi.
Tarixiy filmlar zamonaviy mavzularda suratga olingan filmlardan avvalo bu filmlarda
ko‘tarilgan mavzu bilan farqlanadi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek,
tarixiy filmlar ham bir
necha yo‘nalishlarda yaratiladi. Tarixiy biografik filmlar tarixiy bo‘yoqlar asosida taqdim
etilayotgan filmlardan har taraflama farq qilishi tabiiy. Tarixiy filmlardagi tasviriy yechim,
ya’ni kadr kompozitsiyasi, epizodlar kompozitsiyasi va filmning
umumiy kompozitsion
qurilishi o‘ziga xos tarzda shakllanadi. To‘g‘ri, drama nazariyasi nuqtai nazaridan film kirish
qismi, ya’ni ekspozitsiya, tugun, avj nuqta va yechimdan iborat bo‘lishi badiiy kinodagi barcha
ekran asarlariga xos umumiy xususiyat. Biroq har qanday film o‘z mavzusi, o‘z stilistikasi,
o‘zida aks ettirgan tarixiy davri va boshqa ko‘rsatkichlar tomonlama biri biridan farqlanadi.
3
Tarixiy mavzudagi badiiy filmlarni yaratishda ijodiy guruh, avvalo rejissyor va
postanovkachi operator va film bosh rassomi filmda aks ettirilayotgan
davrning muhitini
haqqoniy va ishonchli tarzda yetkazib berishga intiladilar. Yo‘l qo‘yilgan kichik bir kamchilik
ham butun boshli filmning tomoshabinlar tomonidan sovuq kutib olinishiga sabab bo‘lishi
mumkin.
Kompozitsiya. Tarixiy filmlardagi kadr kompozitsiyasi yoki epizod kompozitsiyasi
o‘zining turg‘unlikka, vazminlikka asoslanganligi bilan ajralib turadi. Lekin, filmning syujet
rivojidan kelib chiqib, janridan kelib chiqib film kompozitsiyasi, uning dinamikasi farq qilishi
mumkin. Ko‘p hollarda tarixiy filmlarda statik holdagi tasvirlarni kuzatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: