Kladistika va uning asosiy tushunchalari. T.I.: Hayvonlarningxilma-xiligi, kladistika, sinapomorfiy, autamorfiy, opa-ukataksonlar, monofiletikvapolifiletiktaksonlar.
3. Hozirgi sistematikaning asosiy usuli shubxasiz kladistikadir. Bu usulni ham fenotipik belgilar ham genotipik ma’lumotlar tahlilida qo’llash mumkin.
Kladistikaning yuzaga kelishi nems dipterologi Villi Henning (1913-1976 yy) nomi bilan bog’liq. 1950-yilda V.Henning “Filogenetik sistematikaning asosiy qoidalari” asarini elon qildi. Biroq asar nems tilida e’lon qilingani tufayli ilmiy jamoatchilikda yetarlicha baholanmadi. Faqatgina Kiryakov 1959 –yilda e’lon qilgan taqrizida bu asar sistematikada yangi davrni boshlab beradi deb yozadi. 1965-yilda Henning o’z asarining asosiy jihatlarini ingliz tilidagi “Annual Review of Entomology” jurnalida e’lon qildi. Maqolaning mutaxasislarda qiziqish uyg’otishi, 1966-yilda bu asarning ingliz tiliga tarjima qilinishiga sabab bo’ldi. Shundan keyin kladistika va uning metodlari deyarli barcha sistematiklarda chuqur qiziqish uyg’otdi. Shved entomologi L.Brudin 1966-yilda Henning uslublarining konkret taksonomik muammolarini hal etishda juda qulay ekanligini ko’rsatib berdi.
5-rasm. Villi Henning (1913-1976 yy).
V.Henning o’zi taklif etayotgan yo’nalishni filogenetik yo’nalish deb atagan, kladizm atamasini esa, ilk bor 1964-yilgi sistematik zoologiya jamiyati uchrashuvida evolyutsion sistematika asoschilaridan biri E.Mayr va fenetika maktabi yetakchilaridan R.Sokel qo’llashgan. Har ikkala olim va mos ravishda ikkala ilmiy maktab Henning ishlarini jiddiy tanqid qilishgan.
E.Mayr 1969-yilda e’lon qilgan “Zoologik sistematika prinsiplari” asarida Henning g’oya va usullarini tanqidiy ko’rib chiqdi va bu ilmiy yo’nalishga “kladistika” (yun. clados – butoq, shoxcha) deb nom berdi. 1970-yillarga kelib, “Systematic Zoology” jurnalida muharrir G.Nelson tashabbusi bilan kladistika muammolari keng muhokama qilina boshlandi. Shu vaqtda Nelson(1969), Krouson(1970), Shli(1971) va Griffitslar(1972) kladistikaga asoslangan ishlarni e’lon qildilar. Natijada kladistika dunyo sistematiklari tomonidan, sistematikaning ilg’or yo’nalishi sifatida tan olindi. 1985-yildan buyon “Cladistics” jurnali chop etilmoqda. Unda bu yo’nalishning nazariy masalalari muhokama etib kelinmoqda. Umuman oxirgi yillarda chop etilayotgan sistematik ishlarning 90%da kladistik metodlardan foydalanilgan.
O’tgan asrning oxirlariga kelib kladistika fenetikaning kompyuterli usullarini o’zlashtirdi, bu esa kladistik tadqiqotlarning yengillashishiga sabab bo’ldi. Hozirgi kunda kladistik tadqiqotlarda PAUP, NONA, McClade kabi dasturlar qo’llanilmoqda. Sinapomorfiya prinsipi. Kladistlar organizmdagi barcha belgilarni, ularning soddaligi (plaziomorfiya) va progressivligi (apomorfiya) jihatidan baholaydilar. Agar apomorf belgi bir nechta taksonda mavjud bo’lsa, bunga sinapomorfiya deyiladi. Agar plaziomorf belgi bir nechta taksonda mavjud bo’lsa, bunga sinapleziomorfiya deyiladi. Agar ma’lum apomorf belgi faqat shu taksongagina xos bo’lsa bunga autapomorfiya deyiladi. Shunday qilib sinapomorfiya prinsipi quyidagicha tushuniladi:
Dostları ilə paylaş: |