Evolyusion jarayonning o’rganish metodlari. T. I.: «uch parallel uslubi», morfologik, embriologik va paleontologik usullar, biogeografik va sistematik usul, genetik, molekulyar biologik va immunologik usullar


Taksonomiyaningasosiyturlari. T.I.: α-taksonomiya, ß-taksonomiya, ɤ-taksonomiya



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə108/196
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#44660
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   196
HZTF javoblari.

Taksonomiyaningasosiyturlari. T.I.: α-taksonomiya, ß-taksonomiya, ɤ-taksonomiya

Taksonomiyaning turini tanlashda. α-taksonomiya yangi turlar ochish va ularni sistemaga kiritish. Taksonomiyaning bu turi bilan shug’ullanuvchilar taksonomistlar orasida ko’pchilikni tashkil etadi. Ular ma’lum bir guruhga mansub organizmlarni yig’adilar, tahlil qiladilar va ular o’rtasidagi farq va o’xshashliklarga asoslanib yangi turlarni ilgari ma’lum bo’lgan taksonlar tarkibiga ya’nikim, fanga kiritadilar.

ß-taksonomiya turlar va yuqori taksonlar o’rtasidagi munosabatlarni aniqlash. Sistematikaning bu turi bilan shug’ullanuvchilar tur va undan yuqori taksonlarning klassifikatsiyasini tuzadilar. Buning uchun ular mavjud taksonlarning strukturasini yangi ilmiy yangiliklar asosida qayta ko’rib chiqadilar ya’ni taftish (reviziya) qiladilar. Shuning uchu bu guruh olimlarga ba’zan revizorlar deyiladi.

ɤ-taksonomiya tur ichidagi o’zgaruvchanlik va uning sabablarini aniqlash. Tasonomiyaning bu turi tur ichidagi o’zgaruvchanlikni o’rganadi, uning sabablari va oqibatlarini aniqlaydi. Shular asosida ma’lum guruhning kelib chiqishi va evolyutsiyasi haqida xulosalar chiqaradi. Bu guruh olimlarni evolyutsionistlar deb atash mumkin.
Variant 42


  1. Bo’g’imoyoqlilarningfilogenetikaloqalari. T.I.: Bo’g’imoyoqlilarningasosiytaksonlari, Mandibulata, Xeliseralilar, Bo’g’imoyoqlilarningboshqatiplarbilanfilogenetikbog’lanishlari. Ektisozoalar.

1 Takidlash joizki, bo’g’imoyoqlilarning kelib chiqishi to’g’risidagi fikrlarda morfolog va molekulyar biologlar o’rtasidagi kelishmovchiliklarni «yumshatadigan» taklif ham mavjud bo’lib, u Nilsen tomonidan ilgari suriladi (Nielsen,2003). Uning fikricha, bo’g’imoyoqlilar va boshqa Ecdysozoa lar (Nematoda, Priapulida va Kinorhyncha) opa-uka taksonlar hisoblanadi va ularning barchasi halqali chuvalchanglardan kelib chiqqan. Hattoki, u bu hayvonlarning hammasini Articulata guruhiga kiritadi.Lekin, Nilsen fikri olimlar tomonidan e’tirof etilmadi.Xeliseralilar guruhi 70000 mingdan ortiqroq turlarni o’z ichiga oladi.Hozirgi xeliseralilarning ko’pchilik qismi quruqlikda yashashga moslashgan.Xeliseralilar quruqlikda yashovchi bo’g’imoyoqlilarning ikkita yirik taksonlaridan biridir. Azaliy bo’g’imoyoqlilar suv hayvonlari bo’lgan va ular ikkita alohida evolyusion yo’nalish, ya’ni Chelicerata va Mandibulata ning kelib chiqishi uchu nasos bo’lgan. Bu taksonlarning har biri bir-biridan mustaqil va muvaffaqiyatli ravishda quruqlik muhitini ishg’ol qilgan.

Xeliseralilar tarkibiga quruqlikda yashovchi guruh Arachnida, dengizda yashovchi guruh Xiphosura va ko’plab qazilma holdagi taksonlar kiradi. Bularning hammasi birgalikda haqiqiy xeliseralilar-Euchelicerata guruhini hosil qiladi.Dengiz o’rgimchaklari (Pycnogonida), hozirgi tasavvurlarga ko’ra, Euchelicerata ga opa-uka takson hisoblanib, Chelicerata taksoni tarkibiga kiradi.Xeliseralilar (Chelicerata) ordovik yoki kembriy davrida paydo bo’lgan. Aftidan, ularning ajdodlari Arachnomorpha deb ataluvchi taksoniga mansub  qadimgi bo’g’imoyoqlilar bo’lib, uning tarkibiga trilobitlar va yana bir qancha qirilib ketgan guruhlar kirgan. Bu ajdod shakllardan ikkita opa-uka takson -Pycnogonida va Euchelicerata kelib chiqqan. Euchelicerata tarkibiga Eurypterida,  Xiphosura  va Arachnida kiradi.Ba’zan dengiz o’rgimchaklarini (Pycnogonida) Chelicerata ga opa-uka takson deb hisoblashadi va ularni Chelicerata tarkibiga kiritishmaydi. Xeliseralilarning ajdodi, shubhasiz, suvda yashovchi organizmlar bo’lgan. Lekin, dengiz o’rgimchaklari, qilichdumlilar va ayrim kanalardan tashqari, hozirgi xeliseralilar quruqlik hayvonlaridir. Xeliseralilar orasida o’rgimchaksimonlar keng evolyusion radiasiyaga ega bo’lib, uning asosida quruqlik muhitiga mukammal moslanishlarni qo’lga kiritish yotadi.Qilichdumlilar (Xiphosura) hozirgi xeliseralilarning eng yirik o’lchamlilari hisoblanadi. Ularda xeliseralilarning adjoj formalariga xos ko’pgina qadimiy belgilar, jumladan, suv muhitida yashash tarzi, saqlanib qolgan.Qilichdumlilarning qazilma oldiqlari silur davriga oid, lekin hozirgi vaqtda bu takson vakillari deyarli qirilib ketgan. Zamonaviy faunada ularning uchta avlod (Limulus, Tachypleus va Carcinoscorpius) ga mansub 4 ta turi mavjud. Ulardan Limulus polyphemus Shimoliy Amerika qirg’oqlarida, qolgan 3 ta turi esa Koreya, Yaponiya, Filippin va Indoneziya qirg’oqlarida uchraydi.Qisqichbaqasimonlar hozirgi bo’g’imoyoqlilarning ikkinchi yirik taksoni -Mandibulata tarkibiga kiradi (birinchi yirik takson-xeliseralilar). Xilma-xil krevetkalar, krablar, hasharotlar va ko’poyoqlilar Mandibulata taksoniga mansub, lekin bu takson o’z novbatida bir-biridan keskin farq qiladigan ikkita sub taksonga: asosan suv muhitiga moslashgan - Crustacea va ko’proq quruqlik muhitiga moslashgan – Tracheata (Hexapoda va Myriopoda).Mandibulata vakillarining birinchi tana sigmenti antennalarga ega. Ularning bosh miyasi uch bo’limdan iborat va deyteroserebrum shakllangan. Mandibulalar (yuqori jag’lar) boshning uchinchi sigmentida joylashgan, maksillalar (pastki jag’lar) turtinchi sinmentda. Mandibulatalarning ajdodlari, ehtimol, suv muhitiga moslashgan filtratorlar bo’lgan va oziq zarrachalarini og’iz teshigiga tananing ventral tomonida joylashgan oziq parrakchalari (trubkasi) orqali yo’naltirgan. Oyoqlari ikki yoki ko’p shoxli bo’lgan. J-shakldagi ichagi oziq parrakchalarining oldingi qirg’oqlarida joylashgan va orqaga qaragan og’iz teshigi bilan tashqariga ochilgan. Qisqichbaqasimonlar va hasharotlarning (ko’poyoqlilarda emas) murakkab ko’zlari o’xshash tuzilgan va xeliseralilarning ko’zlaridan farq qiladi. Ommatidiylar to’rtta konussimon  hujayralardan iborat kristall konusga (ko’poyoqlilarda yo’q) va sakkizta retinal hujayralardan iborat retinulaga (ko’rish tayoqchasi) ega. Shox parda (gavhar) ikkita ixtisoslashgan hujayralardan iborat.Bundan tashqari, oddiy medial ko’zlar ham bor (ko’poyoqlilar bundan istisno).Ehtimol, ajdod formalarda ham ekdisozon orqali boshqariladigan tullash xususiyati, to’liq maydalanadigan kichik o’lchamli tuxumlar xos bo’lgan.

Qisqichbaqasimonlar guruhi odatda alohida sinf hisoblangan bir necha taksonlarni birlashtiradi, lekin kladistik tahlil ularning turli taksonomik darajaga ega ekanligini ko’rsatmoqda. Odatda, quyidagi guruhlar ajratiladi: Remipedia, Cephalokarida , Anostraca (jabraoyoqlilar va ularga qarindosh formalar),   Phyllopoda  (shaxlangan mo’ylovli va bargoyoqli qisqichbaqasimonlar),  Malacostraca (yonsuzarlar, krevetkalar, zaxkashlar, omarlar va boshqalar),  Copepoda,  Mystacocarida,  Tantulocarida, Ascothoracida,   Cirripedia, Ostracoda (chig’anoqli qisqichbaqalar), Branchiura  (karpsimonlar biti), Pentastomida.




  1. Yüklə 0,5 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin