5. Bir hujayralilarning zamonafiy tasnifi. T.I.: Ruppert sistemasi, Xikmann sistemasi, V.Vestxayde va R.Riger sistemasi.
Hozirgi kunda bir hujayrali hayvonlarning 70 mingdan ortiq turlari mavjud bo’lib, ular dengiz va okean suvlarida, xilma-xil chuchuk suv havzalarida hamda nam tuproqda keng tarqalgan. Erkin yashovchi bir hujayralilar dengiz suvining turli chuqurligida yashaydi, Ular qirg’oq (litoral) zonadan tortib, juda chuqur qatlamlarda (abissal zonada) ham bemalol yashay oladi. Bunday bir hujayralilarga nursimonlar, xivchinlilar va infuzoriyalarning ayrim vakillarini ko’rsatish mumkin. Ko’pchilik bir hujayralilar suv havzasining planktoni va bentosi ko’rinishida hayot kechiradi. Nihoyat bir hujayralilarning 7 mingga yaqin turlari parazitlik bilan hayot kechirishga moslashgan bo’lib, xilma-xil umurtqasiz va umurtqali hayvonlarda, shuningdek odamlarda xavfli kasalliklarni kelib chiqishiga sababchi bo’ladilar. Bir hujayralilar Ye.Ye.Ruppert va bosh. (2004) sistemasi bo’yicha quyidagi tiplardan iborat:
1. Euglenozoa –Evglenasimonlar
2. Chlorophyta –Yashil suvo’tlar
3. Choanoflegallata – Yoqachaxivchinlilar
4. Retortamonada –Retortamonadlar
5. Axostylata – Aksostillilar
6. Alveolata –Alveolalila
6.1. Dinoflagellata- Qalqondor xivchinlilar
6.2. Ciliophora- Infuzoriyala
6.3. Apicomplexa (Sporozoa) –Sporalilar
7. Caryoblasta
8. Heteroblasta
9. Amoebozoa
10. Foraminiferea
11. Actinopoda
S.P.Xikman va bosh. (C.P.Hickman, L.S.Roberts, S.L.Keen, A.Larson, H.Ianson, D.J. Eisenhour. Integrated priciples of Zoology, 2008) tasnifiga ko’ra sodda hayvonlar quyidagi klassifikasiyaga ega:
Sodda hayvonlar- Protozoa
Tip 1: Chlorophyta –Yashil suvo’tlar
Tip2: RetortamonadaRetortamonadlar
Sinf: Retortotamonadea
Sinf: Diplomonadea
Tip 3: Axostylata - Aksostillilar
Sinf: Oxymonadea
Sinf: Parabasalea
Tip 4: Euglenozoa –Evglenasimonlar
Keja tip: Euglenida Sinf: Euglenoidea
Keja tip: Kinetoplasta
Sinf: Trypanosomatidae
Tip 5: Apicomplexa (Sporozoa) –Sporalilar
Sinf: Gregarinea
Sinf: Coccidia
Tip 6: Ciliophora- Infuzoriyalar
Tip 7: Dioflagellata
Tip 8: Amyobasimon sodda hayvonlar - Ameboid Protozoa
Evolyusiya davomida organoidlar qanday hosil bo’lgan. Ayrim organoidlar prokariot hujayrada oldindan mavjud bo’lgan qismlarning modifikasiyasi natijasida paydo bo’lgan bo’lsa, boshqalari butun boshli prokariot hujayradan shakllangan. Keyingi holatda bir prokariot hujayra boshqasi tomonidan yutilgan va ularning ichida doimiy yashay boshlagan. Bir hujayraning boshqa hujayra ichida foydali munosabatlar asosida yashashi endosimbioz deb ataladi. Organoidlarning endosimbioz usulida hosil bo’lishi eukariot hujayra paydo bo’lishining simbiogenez nazariyasi asosini tashkil etadi. Simbioz gipotezasidan tashqari «avtogenez» nazariyasi ham mavjudki, bunda organoidlar bitta prokariot hujayra ichki qismining murakkablashuvi asosida paydo bo’lgan. Ayrim tadqiqotchilar fikricha, simbioz orqali eukariot hujayralar faqat energetik organoidlar-xloroplast va mitoxondriylarni qo’lga kiritgan
Variant 60
Dostları ilə paylaş: |