1 Filogenetik daraxt tushunchasi. T.I.: hayot daraxti, filogenetik sistematika, filogenetik daraxt tuzish qoidalari. . Organizmlarning qarindoshligini aniqlash bo’yicha tadqiqotlar natijasida ko’plab filogenetik daraxtlar taklif etildi. Shulardan biri Ernst Gekkelning filogenetik daraxtidir . Guruhlarning evolyusion tarixi filogeniya, uning sxematik ifodasi esa-filogenetik daraxt yoki kladogramma deb ataladi. Albatta, filogenetik daraxt ilmiy faraz (gipoteza) hisoblanadi, va har doim tekshiriladi va o’zgartiriladi. Lekin, filogenetik daraxt evolyusiyaning umumiy sxemasini aks ettiradi Turlar yoki turlar guruhlari orasidagi munosabatlarni aniqlashda kladistik usullarning qo’llanilishi dixotomik shoxlangan iyerarxik sxema (chizma) - filogenetik daraxt tuzish imkonini beradi. Bu chizmaning iyerarxik tavsifi turlarni yirikroq birliklarga, ularni esa yanada kattaroq birliklarga birlashtirilishini anglatadi. . Iyerarxik chizma oddiy jadvalni eslatadigan filogenetik sistema shaklida ham ifodalanishi mumkin: