Evolyusion jarayonning o’rganish metodlari. T. I.: «uch parallel uslubi», morfologik, embriologik va paleontologik usullar, biogeografik va sistematik usul, genetik, molekulyar biologik va immunologik usullar


Zoologik nomenklatura. Taksonlarni nomlashning asosiy qoidalari. T.I.: Nomenklatura kodeksi, unikallik, universallik, stabillik



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə7/196
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#44660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   196
HZTF javoblari.

3. Zoologik nomenklatura. Taksonlarni nomlashning asosiy qoidalari. T.I.: Nomenklatura kodeksi, unikallik, universallik, stabillik . Zoologik nomenklatura esa zoologik klassifikatsiyalarda ajratib ko’rsatilgan organizm guruhlariga nom qo’yish jarayonidir. Biologik klassifikatsiyalarda ajratib ko’rsatilgan organizm guruhlariga nom qo’yish jarayoniga biologik nomenklatura deyiladi. Bu jarayonni tartiblashtirish uchun nomenklatura kodekslari qabul qilinadi. Nomenklatura kodekslari – u yoki bu guruh organizmlarning nomenklatura jarayonini tartiblashtiruvchi qonun-qoidalar to’plamidir. Hozirgi nomenklatura kodekslaridan asosiylari: “Xalqaro botanik nomenlatura kodeksi” (ICBN), “Xalqaro zoologik nomenlatura kodeksi” (ICZN) va “Bakteriyalar nomenlaturasining xalqaro kodeksi” (ICNB). Bulardan tashqari “Viruslar klassifikatsiyasi va nomenlaturasining xalqaro kodeksi” va “Madaniy o’simliklar nomenlaturasining xalqaro kodeksi” mavjud. Zamburug’lar nomenklaturasi esa “Xalqaro botanik nomenlatura kodeksi” (ICBN) asosida amalga oshiriladi. Taksonomik reallikning har bir bo’g’iniga klassifikatsiyaning bir nechta xususiyatlari mos kelganda taksonomik noaniqlik yuzaga keladi.

Umuman nomenklatura nomlash haqidagi soha ekan u nomlashning 3 qoidasini o’zida aks ettirishi kerak:



Unikallik – ya’ni har qanday takson nomi o’ziga xos yagona bo’lishi kerak. Anashundagina tadqiqotchi yoki qiziquvchi qaysi organizm haqida gap ketayotganligini darxol bilib oladi. Agar bir guruh organizmga turli vaqtda turlicha nom berilgan bo’lsa unda bu nomlardan avvalroq berilgani qo’llaniladi.

Universallik – ya’ni organizm guruhlariga beriladigan nom lotin tilida bo’lish kerak. Butun dunyo olimlari tomonidan bitta tilning qo’llanilishi, qo’yilgan nomning hamma uchun tushunarli bo’lishini ta’minlaydi.

Stabillik – ya’ni organizmlar guruhiga bir marta berilgan nom unda doimiy qolishi kerak. Ya’ni taksonning nomini o’zgartirish mumkin emas.

Hayvonlar taksonlariga beriladigan nomlarning universal va stabilligini “Zoologik nomenklaturaning xalqaro qoidalari” ta’minlaydi. Ushbu kodeks 18 bob va 90 moddadan iborat.




Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin