19
birinchidan, davlatlarning a’zoligi;
ikkinchsdan, xalqaro ta’sis shartnomasining mavjudligi;
uchinchidan, doimiy organlarining mavjud bo‘lishi;
to‘rtinchidan, davlatlar suverenitetining
xurmat qilinishi;
Xalqaro tashkilotlar xalqaro huquqning subyektlari hisoblanadilar.
Nohukumat xalqaro tashkilotlarning asosiy farqli belgilari ularning
davlatlararo shartnoma asosida tashkil etilmaganliklari,
jismoniy va yuridik
shaxslarni birlashtirganliklari (masalan, Xalqaro huquq assotsiatsiyasi)dan iborat.
Azolarining tarkibiga ko‘ra xalqaro hukumatlararo tashkilotlar:
birinchi, universal, barcha davlatlar ishtirok etishlari uchun ochiq
tashkilotlar (BMT va uning ixtisoslashtirilgan tashkilotlari);
ikkinchi,
mintaqaviy, ma’lum mintakada joylashgan davlatlargina a’zo
bo‘lishlari mumkin tashkilotlar (Yevropa kengashi, Afrika birligi tashkiloti)ga
bo‘linadi.
Davlatlararo tashkilotlar umumiy va maxsus vakolatli tashkilotlarga bo‘linadi.
Umumiy vakolatli tashkilotlar faoliyati a’zo davlatlar o‘rtasidagi aloqalarning hamma
(siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa) sohalariga tegishli bo‘ladi.
Maxsus vakolatli tashkilotlarning faoliyat sohasi biror aniq, (siyosiy, iqtisodiy,
ijtimoiy) soha bilan chegaralangan bo‘ladi.
Vakolatlari tabiatidan kelib chikdan xolda
tasniflash davlatlararo va
davlatlardan yuqori turuvchi tashkilotlarni farqlashga imkon beradi. Birinchi guruhga
mavjud tashkilotlarning aksariyat qismi kiradi va ularning vazifasi davlatlar o‘rtasida
hamkorlikni amalga oshirishdan iborat bo‘lib, bu borada qabul qilingan qarorlar a’zo
davlatlarga yuboriladi. Davlatlardan yuqori turuvchi tashkilotlar maqsadi
integratsiyaga yunaltirilgan. Bu tashkilotlarning qarorlari a’zo tashkilotlarning
fuqarolari va yuridik shaxslariga bevosita yunaltirilgan bo‘ladi.
Xalqaro tashkilotlar davlatlar birlashmalari yoki noxukumat yo‘nalishida
bo‘lib,
ular siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, ilmiy-texnika
sohasidagi umumiy
maqsadlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan faoliyat bilan Shug‘ullanadilar. BMT
eng ommaviy xalqaro tashkilot bo‘lib, uning asosiy vazifasi kelajak avlodlarni urush
20
ofatlaridan xalos etish, mustamlakachilikka, inson huquqlarini qo‘pol
va ommaviy
buzilishiga qarshi kurash, xalqaro xavfsizlik va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
sohasida faoliyat yuritish va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: