F. M. Xalimova turizm geografiyasi o‘quv qo‘llanma



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/86
tarix20.06.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#133305
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   86
43268edc535ab8ed1b63397f9298c36b TURIZM GEOGRAFIYASI

Tayanch iboralar erkin tovar, bozor iqtisodiyoti, tadbirkorlik sektori, uy xo‘jaliklari, 
ishlab chiqarish kuchlari, qonuniyatlar, omillar, ekologik sharoit, resurslar. 
Nazorat savollari 
1. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishga taalluqli qanday asosiy 
tuShunchalar bor? Ularning mazmuni va mohiyatini bilib oling 
2. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish qonuniyatlari nima? Ulardan 
amaliyotda qanday foydalanish mumkin? 
3. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish prinsiplari nima? 
4.Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish omillari nima? Omillardan 
foydalanish yo‘nalishlarini aytib bering. 


15 
3-bob. HOZIRGI ZAMON DUNYO SIYOSIY XARITASINING 
SHAKLLANISHI 
3.1. Dunyoning siyosiy va iqtisodiy xaritasi to‘g‘risida tushuncha va 
ularning shakllanishi 
3.2. Dunyo mamlakatlari tipologiyasi, tashkil etish shakllari va siyosiy 
tartiblar 
3.3. Xalqaro tashkilotlar tushunchasi va tasnifi 
3.1. Dunyoning siyosiy va iqtisodiy xaritasi to‘g‘risida tuShuncha va 
ularning shakllanishi 
Dunyo mamlakatlari ta’limida hozirgi zamon dunyo siyosiy xaritasi mavzusini 
yoritishda turlicha yondashuvlar bor. Masalan to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘yilgan masala, 
muammoga o‘tish (odatda), bir atama (termin) tanlab olinadi va shu termin asosida 
muammo tushuntirilda (xorijiy adabiyotlarda). Biz har ikkisini qo‘llagan holda ko‘rib 
chiqamiz.
Milliy chegaralarning tuzilishi talabalar tamonidan kam o‘rganilgan bo‘lsada, 
ularning ahamiyatini har bir kishi biladi. Bunda iqtisodiy ijtimoiy ko‘rsatkichlar ham 
unga bog‘liqdir. Keyingi 30 yil mobaynida chegaralar bo‘yicha tadqiqotlar ko‘p olib 
borilmagan bo‘lsada ma’lumotlar bo‘yicha savdo-sotiq mazkur hududlarda yuqori 
bo‘ladi. Masalan Kanada va AQSHning chegaradosh provinsiya va shtatlarida ayni 
jarayonni ko‘rish mumkin.
2
Jahon siyosiy xaritasi global miqyosdagi bir necha siyosiy jarayonlar ta’sirida 
shakllangan. Shularning ichida Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari hamda ularning 
oqibatlari bilan bog`liq holda davlatlarning vujudga kelishi, mustamlaka tizimining 
yemirilishi hamda bir necha o`nlab mustaqil davlatlarning barpo bo`lishi, 
qo`shilmaslik harakatining rivojlanishi va boshqa jarayonlar e`tiborga loyiqdir. Jahon 
siyosiy xaritasining shakllanishida XX asr 80-yillarining so`nggi va 90-yillarining 
boshlarida bo`lib o`tgan siyosiy voqealar: ikki nemis davlatining qo‘shilib, yagona 
2
The power of geographical boundaries: Cultural, political, and economic border effects in a unitary nation.Bowon 
Chang National border studies In the field of political science, it was true that borders were simply of very little interest 
to students of international relations despite their possible roles (Starr and Most, 1976). Over the past 30 years, 
however, borders have been studied from a number of perspectives, especially in political economy along with rising 
interest in geographical conditions...


16 
Germaniya davlatining tashkil etilishi, Chexoslovakiya o‘rnida Chexiya va Slovakiya 
mustaqil respublikalarining barpo bo‘lishi, Yugoslaviya Sotsialistik Federativ 
Respublikasining parchalanib ketishi natijasida suveren Xorvatiya, Sloveniya, 
Makedoniya, Bosniya va Gersogovina respublikalari hamda Serbiya va Chernogoriya 
davlatlarining shakllanishi va, ayniqsa, sobiq Ittifoqning parchalanib ketishi 
oqibatida, dastlab Litva, Latviya va Estoniya, keyinchalik esa Rossiya Federatsiyasi, 
Ukraina, Belarus, Moldova, Gruziya, Armeniya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, 
Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston rcspublikalarlarning mustaqil 
davlatlar sifatida dunyo siyosiy kartasida o‘z o‘rinlariga ega bo‘lishi juda muhim 
ahamiyat kasb etdi.

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin